Buxorodagi avtosalondan olingan "Malibu" avtomobilida nosozlik aniqlangan

Buxorodagi avtosalondan olingan

Buxoro shahar iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatining xabar berishicha, Buxoroda avtosalondan xarid qilingan "Malibu" avtomashinasida nosozlik borligi aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, Buxoro viloyati Shofirkon tuman "Shodlik" MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro I.J O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Buxoro shaxar jamiyatiga murojaat qilib, Buxoro viloyatida joylashgan avtosalondan 369 000 000 so‘mga “Malibu” rusumli avtomobil xarid qilganligini, ammo, xarid qilingan mashinaning nosoz ekanliigini aytib, avtosalon xodimlariga bir necha bor qilgan murojaatlari e’tiborsiz qoldirilib kelinayotganidan noroziligini bildirgan.

Ushbu murojaat Buxoro shaxar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan joyida o‘rganilib, avtosalon rahbaryatiga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng, muammo zudlik bilan ijobiy hal etilgan, ya’ni iste’molchining 369 000 000 so‘mga olgan avtomashinasi tuzatib berilgan.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#Malibu