Dunyodagi eng hashamatli va noodatiy limuzinlar

Dunyodagi eng hashamatli va noodatiy limuzinlar

Tilla bilan yasatilgan “rolls-royce”dan to 26 g’ildirakli, vertolyot maydonchasili limuzinlargacha – bu mashinalar kinoekranlardan tushgandek. Lekin, ularning har biri haqiqatda mavjud! Bu avtolarda siz o’zingizni bir vaqtning o’zida sulton va Jeyms Bond deb his qilasiz.
 

Bet-mobil – 4,2 million dollar

Bet-mobil – 4,2 million dollar
 
Bu mashinani entuziast-muxandis, kino va ko’rkam avtomobillarni shinavandasi yig’gan. U, Tim Bertonning 1989-92-yillardagi filmlarida gavdalanadigan, Betmenning avtomobilining dizaynini aniq takrorlaydi. 2012-yilda tuzilgan avtomobil, ko’rshapalk-odam qo’llagan, raketa qurilmasini va tugmani bosishda otiladigan g’ildiraklar kabi, barcha texnik qurilmalarni o’zida mujassamlashtirgan.

“Amerika orzusi” – 4 million dollar

“Amerika orzusi” – 4 million dollar
 
“Amerika orzusi” (orqa plandagi oq limuzin) – Djey Orberg avtodizaynerining yaratmasi. U dunyodagi eng uzun limuzin hisoblanadi: 30 metr uzunasiga, u 26 ta g’ildirakda harakatlanadi. Limuzin vanna-djakuzi,quyosh vannalari qabul qilish uchun maydoncha, bahaybat krovatlar va hatto, vertolet maydonchasi bilan jihozlangan.
 

Mini-limuzin – 1,35 million dollar

Mini-limuzin – 1,35 million dollar
 
Mish-mishlarga qaraganda, bu uzaytirilgan “mini-kupe” buyurtma bo’yicha Qozog'iston fuqarosi uchun tayyorlangan ekan. Mashina televizorlar bilan jihozlangan va qimmatbaho elementlar bilan bezatilgan: bortdagi bitta kompozitsiya kichkina Svarovski kristallaridan qilingan.
 

“Yarim tungi haydovchi” – 2,5 million dollar

“Yarim tungi haydovchi” – 2,5 million dollar
 
“Yarim tungi haydovchi” – dunyodagi eng og’ir limuzin bo’lib, 2011-yili Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan edi. Uning uzunligi – 21 metr, og’irligi 22,7 tonna bo’lib, 22 ta g’ildirak ushlab turadi. Shiftining balandligi 4 metrga yaqin, bu uni, ijaraga olish mumkin bo’lgan, eng keng limuzin qiladi. Agar uni kompaniyaga bo’lib yuborsa, unchalik qimmatga tushmaydi: axir uning saloniga 40 ga yaqin odam sig’adi va ularda raqsga tushishga yetarli joy bo’ladi. Djet-limuzin – 1 million dollar Bu avtobus emas, samolet ham emas, bu haqiqiy limuzin! To’g’ri avtobus va samoletga o’xshash joylari bor. Bir entuziast, avtobus – “mersedes” va Boing – 727 korpusining bir qismini qo’shib, bu mo’jizani konstruksiyasini qiligan. Mashinaning uzunligi 16 metr, kengligi esa, hayratda qoldiradi! Natijada avtoga 50 ta odam sigadi va ular mashida bemalol diskoteka uyushtirishlari mumkin. Bundan tashqari, diskoteka uchun kerakli, tutun – mashina, bar, hatto, stroboskopni ham hisobga olganda, hamma narsa bor.
 

Limuzin – tank – kuniga 5 ming dollar

Limuzin – tank – kuniga 5 ming dollar
 
Bu limuzinni Britaniyada ijaraga olsa bo’ladi: bunday xizmatni Tanks-a-lot kompaniyasi taqdim qilmoqda. Serhasham avtodan ko’ra, ko’proq tankni eslatuvchi ichki minimalistic dizaynga qaramay, Limo-tankda tug’ilgan kunida yoki hatto, to’y kunida yurmoqchi bo’lganlarning keti uzilmaydi!
 

Mersedes – Benz S – 600 Pullman Guard – 1,6 million dollar

Mersedes – Benz S – 600 Pullman Guard – 1,6 million dollar
 
Bu vip-personalar serhasham limuzin – Mersedes-Benz korporatsiyasi tomonidan sotib olingan Maybach kompaniyasi muxandislarining ishlanmasi. U hatto, mamlakat prezidenti uchun ham to’g’ri keladi. Chunki, uning asosiy maqsadi – passajirni har qanday suiqasddan himoya qilishdir. Bronlangan bortlari vintovkadan o’q otish va granata portlashiga chidamli, maxsus pishiq sinmaydigan oynalar o’q va bo’laklardan himoya qiladi. Bronlangan supermustaxkamlangan tubi esa, mashina tagida fugasning portlashiga dosh bera oladi.
 

“Yirtqich” – 3 million dollar

“Yirtqich” – 3 million dollar
 
2009-yili konstruksiyalashtirilgan “Yirtqich” AQSH prezidenti uchun mo’ljallangan edi. Bu avtomobil – haqiqiy tank! Bunday mashinalardan hammasi bo’lib 12 ta yaratilgan bo’lib, ulardan uchtasi doimiy xizmatda turadi. AQSH prezidentini olib yuradigan avtomobil “Kadillak-1” nomiga ega. Avtoning avvalgi modifikasiyasi og’irligi 8 tonnaga yaqin edi, xozirgisi, yangilangan, bu "Yirtqich" Donald Trampning inogurasiyasida debyut qilgan. 16 santimetr qalinlikdagi eshiklar og’irligi “Boing-747”ning kirish eshigi og’irligi bilan teng. Sobiq Prezident Tramp foydalangan versiya ko’zni yoshlantiruvchi gazli granatalarni otish uchun raketa uskunasi, pulemet va boshqa narsalar qatorida, prezidentning shaxsiy qoni saqlanadigan butilkalar joylashgan maxsus aptechka-muzlatkich bilan jihozlangan.
 

“Rolls-Roys Fantom” – 770 ming dollar

“Rolls-Roys Fantom” – 770 ming dollar
 
Sakkizta o’rindiqli va yupqa qimmatbaho charm bilan ishlangan salonli bu limuzin Shou-biznes yulduzlari orasida ayniqsa sevimli. Ijarachikompaniyalar bunda foydalanadilar va “Rolls-roys Fantom” ni o’zini bir kunga yulduz deb his etgisi kelganlarga ijaraga beradilar.
 

Ultra Kustom Coach – 1,8 million dollar

Ultra Kustom Coach – 1,8 million dollar
 
Bu 21 metrlik limuzin Kaliforniyada birinchi bor 1996-yili paydo bo’lgan. O’rtasida bukilish uchun maxsus mexanizmli avto 38 ta odamni sig’diradi. Birinchi buyurtmachi BAA laridan sheyx Xamad bin Xamdan al-Naxyan bo’lgan. Sheyxga mashina Amerika bo’ylab harakatlanishi uchun kerak bo’lgan edi. Lekin, Kaliforniya bo’ylab bunday limuzinda harakatlanish qimmat ekani aniq bo’ldi. Sheyx birinchi marotaba xayveyga chiqqanida Kaliforniya polisiyasi tomonidan, avto shtat qonunlari ruxsat beradigan uzunlikdan deyarli yarim metrga otriqligi sababli, jarimaga tortilgan.
 

El Dorado Cadillac Limo

El Dorado Cadillac Limo
 
Osmon rang moviy “Eldorado” 1982-yilgi kadillakni haqiqiy limuzinga aylanishi uchun yaxshigina uzaytirishga to’g’ri kelgan. Konstruktorlar jamoasi uni 18 g’ildirakli ikki televizorli, uchta telefonli, videoapparaturali, quyosh vannasi qabul qilish uchun maydoncha, spa-kompleksli ko’ngilhushlik saroyiga aylantirib yuborishdi. Buning uchun mashinani yarimidan bo’lib, markaziga temir konstruksiya qo’yish kerak bo’lgan. Lekin, chiqqan monstrni to’laqonli haydashning ilojisi yo’q. Chunki, u qayilishlarga kira olmaydi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar uni Finlyandiyaga sotib yuborishiga to’g’ri keldi va u yerda uni avtoshouda aktiv holatda ishlatadilar.
 

Bruney sultoning Rolls-roysi – 14 million dollar

Bruney sultoning Rolls-roysi – 14 million dollar
 
Bruney sultoni Xassanal Bolkiax dunyodagi eng katta avto kolleksiyalardan birining egasi bo’lib, umumiy bahosi 4 milliard dollardir. Kolleksiyaga 7000 taga yaqin ekzemplyarlar kiradi. Lekin, uning durdonasi buyurtmaga qilingan Rolls Royce Silver Spur. Avtomobil 24 karatli oltin bilan qoplangan, g’ildiraklar qoplamalarida oltindan qilingan o’ziga hos ornament bor. Ochiq orqa o’rindiqlar, passajirlarni quyoshdan himoyalash uchun, yengil soyabon bilan yopiladi. Bu avtomobil u qadar ko’p ishlatilmaydi. Masalan, sultonning o’g’illaridan birining, shaxzoda al-Muxtaddi Billaxning, to’yida limuzin to’y kortejiga boshchilik qilgan va minglab yig’ilganlarning havasini keltirgan edi.
Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#лимузин