Ferrari dvigatelidan yasalgan stol yangi superkar narxiga sotildi

Ferrari dvigatelidan yasalgan stol yangi superkar narxiga sotildi

So‘nggi yillarda avtomobil qismlaridan tayyorlangan mebellar mashhurlikka erishmoqda. Ulardan yasalgan buyumlar juda qimmatga sotilmoqda. Masalan, Mayamida Ferrari dvigatelidan yasalgan stol yangi superkarning narxiga sotildi.

Ferrari V12 vintaj dvigateli alohida buyurtmaga ko‘ra original stolga aylantirildi. Mayamida auksionlar bilan shug‘ullanuvchi kompaniya RM Sotheby’s ushbu stolni 246 ming dollarga, ya’ni dastlab rejalashtirilganidan taxminan to‘rt barobar ko‘p, ya’ni yangi superkar narxiga sotdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Ferrari dvigateli 1960-yillardagi italyan superkaridan olingan. Dvigatel qayta tiklandi, tozalandi va sayqallandi. Shisha ustki moslamalar yordamida dvigatelga o‘rnatilgan va maxsus quvurlarga o‘xshovchi vositalar bilan birlashtirilgan. So‘nggi yillarda avtomobil qismlaridan yasalgan mebellar mashhur bo‘lib borayotgani uchun ulardan stol, kreslo va divanlar yaratilmoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Мавзу:

#Ferrari