Ford yangi super «Mustang»ni namoyish qildi

Ford yangi super «Mustang»ni namoyish qildi

Mashhur “Mustang”ning yangi avlodining premerasi 2022-yil sentyabrida bo‘lib o‘tdi va sportkarning namoyishi doirasida Ford birdaniga oltita poyga modifikatsiyasini e’lon qildi, ular 2023-yilda butun dunyo bo‘ylab poygaga chiqishi kutilmoqda.

Motorsport uchun tayyorlangan birinchi ko‘rgazma Avstraliyada namoyish etilgan Ford Mustang GT Superar Gen3 bo‘ldi.  

Ushbu modifikatsiya Dik Jonson Racing jamoasi tomonidan Ford Performance zavod bo‘limi bilan hamkorlikda yaratilgan.

Qayd etish joiz, ommaviy debyutini Panorama tog‘idagi mashhur Bathurst 1000 poygasida amalga oshirishi kutilayotgan super karning texnik tafsilotlari oshkor etilmagan.

Uning faqatgina 600 ot kuchidan ortiq ekanligi, 5,0 litrli B8 benzinli dvigatelli avtomobilga asoslanganligi ochiqlangan.

Supercars seriyasidan tashqari, Ford’ning yangi sport avtomobili NASCAR Cup Series  va NASCAR Xfinity Series musobaqalarida, shuningdek, NHRA Factory X illiy Drag Racing chempionatida ishtirok etadi.

Мавзу:

#Ford