Kuniga 4000 ga yaqin "prava" almashtirib berilmoqda

Kuniga 4000 ga yaqin

15- mart kuni AOKAda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Davlat xizmatlari agentligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida mavzu yuzasidan ma’lumot berildi:

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi 116-son qarori bilan milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning plastik shaklda tayyorlanadigan yangi namunalari joriy etilgan.

Bunda, dastavval, "prava"larni almashtirishga 2017-yil 1-oktyabrdan 2020-yil 31-dekabriga qadar, ya’ni 3 yil-u 3 oy muhlat berilgan va 2021-yil 1-yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi haqiqiy emas deb topilishi ko‘rsatib o‘tildi.

Avvalgi tartibga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish uchun imtihon varaqasi, tibbiy ma’lumotnoma, pasport, eski haydovchilik guvohnomasi, uning taloni talab etilar edi.

Fuqarolarga qulaylik uchun tartib soddalashtirildi va talab etiladigan xujjatlar qisqartirildi.

Haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish uchun vakolatli idora — Ichki ishlar vazirligining YHXX tuman va tumanlararo bo‘limlari.

Haydovchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida 2018-yilning may oyidan EKSPERIMENTAL tartibda Davlat xizmatlari markazlarida ham soddalashtirilgan xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.

Bunda xizmat uchun nafaqat kelgan holda, balki onlayn shaklda ham murojaat qilish imkoni yaratildi.

Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish imkonini beruvchi 79 uskuna mavjud bo‘lib, shundan 25 tasi joylardagi Davlat xizmatlari markazlarida, 54 tasi esa, IIV YHX tuman va tumanlararo bo‘linmalarida joylashtirilgan.

Haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddati bir necha marotaba uzaytirilgan.Biroq, fuqarolarimiz tomonidan belgilangan muddatlarda hujjatlarni almashtirilmay kelinmoqda.

2021 yil oxirida Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan, "prava" almashtirish muddatini uzaytirish differentsial yondashuv asosida amalga oshirildi — bundan maqsad hamma yana 2022 yil so‘ngida YHX bo‘limlari va Markazlarga kelmasdan, yil davomida bir maromda xujjat almashtirishlarini tashkillashtirish edi.

Haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi poytaxtda va viloyatlardagi haydovchilarimizga "so‘nggi mijozgacha" ish rejimini yo‘lga qo‘ydi.

Davlat xizmatlari markazlari imkon qadar ko‘p fuqarolarga xizmat kursatishga astoydil intilmoqda. Ma’lumot uchun o‘rtacha bir fuqaroga xizmat ko‘rsatish uchun 3 daqiqa vaqt sarflanmoqda.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!