Mercedes-Benz Rossiyadagi zavodini sotishni rejalashtirmoqda

Mercedes-Benz Rossiyadagi zavodini sotishni rejalashtirmoqda

Moskva viloyatidagi zavod uchun xaridor allaqachon topilgan, u Rossiya dilerlaridan biri bo'ladi.

Germaniyaning Mercedes-Benz avtomobil konserni Moskva yaqinidagi Esipovoda joylashgan zavodini sotmoqchi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, “Kommersant” xabar berdi. Hozircha bu maʼlumotning rasmiy tasdigʻi yoʻq.

Manbalardan biriga ko'ra, zavod uchun xaridor allaqachon topilgan, u rossiyalik dilerlardan biri bo'ladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, korxonani sotib olishga da’vogar “Avtodom” kompaniyasidir. Manbaga ko‘ra, kelishuv yakuniy bosqichda. Biroq, Mersedesda "hujjat bilan bog'liq muammolar" mavjud.

Mercedes-Benz kompaniyasining o'zi "Rossiyada biznes yuritishning turli variantlarini ko'rib chiqayotganini" tushuntirdi. Shu bilan birga, kompaniya hozircha aniq qarorlar yo'qligini ta'kidladi. Nemis brendi vakillari, shuningdek, kelajak va strategik qarorlar haqida izoh bermasliklarini ta'kidladilar.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!

Мавзу:

#Mercedes