Nissan avtomobil kompaniyasining Rossiyadagi barcha aktivlari Rossiya davlatiga o'tkazildi

Nissan avtomobil kompaniyasining Rossiyadagi barcha aktivlari Rossiya davlatiga o'tkazildi

Yaponiyaning Nissan avtomobil kompaniyasining Rossiyadagi barcha aktivlari Rossiya davlatiga o'tkazildi.

Rossiya Sanoat va savdo vazirligi tomonidan qilingan bayonotda, Nissan bilan kompaniyaning Rossiyadagi barcha aktivlarini Rossiya hukumatiga o'tkazish bo'yicha shartnoma imzolangani ta'kidlandi.

Shartnomaga ko'ra, Nissanning Rossiyadagi barcha ulushi Rossiya davlat instituti NAMIga tegishli bo'lishi va kompaniya o'tkazilgan aktivlarni 6 yil ichida qaytarib olish huquqiga ega ekanligi qayd etilgan.

Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Rossiyaning Avtovaz kompaniyasi Nissan avtomobillarining Rossiyada sotuvdan keyingi xizmatlari uchun ham javobgar bo'lishini aytdi.

Nissan sanksiyalar tufayli 14-mart kuni Rossiyadagi zavodida ishlab chiqarishni to‘xtatishga qaror qildi.

Ma'lumot o'rnida, Rossiyada fransuz avtomobil ishlab chiqaruvchisi Renault kompaniyasining aktivlari ilgari Rossiya hukumatiga o'tkazilgan.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!

Мавзу:

#Nissan