Nissan Xitoydagi zavodlarini koronavirus tufayli yopdi

Nissan Xitoydagi zavodlarini koronavirus tufayli yopdi

Nissan va Xitoyning Dongfeng kompaniyasi o‘rtasidagi qo‘shma korxona Xitoydagi faoliyatini to‘xtatdi. “TASS”ning Yicai Global nashriga tayanib xabar berishicha, bu qadamga Shanxaydagi zavodlardan butlovchi qismlar yetkazib berishdagi uzilishlar sabab bo‘lgan. Bu shahar hozirda koronavirus epidemiyasi sababli blokirovka qilingan.

Nissan kompaniyasining Xitoydagi ishlab chiqarish liniyalarining bir qismi joriy yilning 13-aprelida to‘xtatildi. Qo‘shma korxona bir qator koronavirus cheklovlari olib tashlanishi sharti bilan 20-apreldan o‘z faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda.

"Shanxay atrofidagi logistika shahardagi epidemiya tufayli odatdagidek ishlay olmaydi, bu bizning ishlab chiqarish jadvalimizga katta ta'sir ko'rsatmoqda", dedi manba. Shanxayda 80 ga yaqin mikroelektronik komponentlar ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud.

TASS shuningdek, Xiaopeng rahbari Xe Syaopengning Xitoy avtomobilsozlik sanoatining to‘liq yopilishi ehtimolini bashorat qilgan bayonotini ham eslatib o‘tadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shanxayda ishlab chiqarish va logistika zanjirlari tiklanmasligi mumkin.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#Nissan