Oʻzbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi 30 mingtaga oshdi
Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda 95 023 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 30 036 taga oshgan.
2022 yilning yanvar-aprel oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
- avtomobil benzini — 382,3 ming tonna;
- koʻmir — 1,6 mln tonna;
- neft — 248 ming tonna;
- gaz kondensati — 459 ming tonna;
- yengil avtomobil — 95 023 dona;
- avtobus — 247 dona;
- yuk avtomobillari — 1188 dona;
- avtomobil dvigatellari — 71,1 ming dona.
Qayd etilishicha, aprel oyida eng koʻp “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning aprel oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni quyidagicha:
- “Cobalt” — 9 498 dona;
- “Lacetti-Gentra” — 6 866 dona;
- “Damas” — 6 205 dona;
- “Spark” — 1 526 dona;
- “Nexia T-250” — 623 dona;
- maxsus yengil avtomobillar — 1 320 dona.