O‘zbekistonliklar o‘tgan 10 oyda elektromobillar importiga 55,4 mln. AQSH dollar sarflagan

O‘zbekistonliklar o‘tgan 10 oyda elektromobillar importiga 55,4 mln. AQSH dollar sarflagan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 55,4 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 749 dona elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1136 taga oshgan.

O‘zbekiston joriy yilning 10 oyida eng ko‘p elektromobillar import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 1 528 dona

— BAA – 111 dona

— Germaniya – 48 dona

— Gonkong – 37 dona

— Litva – 10 dona

— Koreya – 7 dona

— Boshqa davlatlar – 8 dona

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!