“Qamchiq" dovonida sodir bo'lgan ayanchli YTH 2 kishining o'limiga sabab bo'ldi

“Qamchiq

Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ikkita Lacetti bilan to‘qnashgan va beton to‘siqqa urilgan.

2022-yil 20-avgust kuni soat 01:45 larda, A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘li 223-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

Isuzu’ni “Vodiy - Toshkent” yo‘nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, o‘zining oldida harakatlanib ketayotgan, 2 ta Lacetti avtomashinalari bilan to‘qnashib, yo‘lning har ikkala qismiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

Hodisa oqibatida, avtomashinalar texnik shikastlangan. Isuzu haydovchisi va yo‘lovchisi esa og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Namangan viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!

Мавзу:

#авария