Sankt-Peterburgdagi Toyota zavodida xodimlarni ishdan bo'shatish boshlandi

Sankt-Peterburgdagi Toyota zavodida xodimlarni ishdan bo'shatish boshlandi

Toyota kompaniyasining Rossiyadagi vakolatxonasi Sankt-Peterburgdagi zavod xodimlarini "ozod qilish" deb ataladigan chora-tadbirlar boshlanganini e'lon qildi. “TASS”ning shimoliy poytaxt mehnat va bandlik qo‘mitasi bayonotiga tayanib xabar berishicha, ishchilarni ishdan bo‘shatish tomonlarning kelishuviga ko‘ra tovon puli to‘lash bilan amalga oshiriladi. Zavodda jami 1937 nafar ishchi mehnat qilmoqda, rasman korxona ishlamayapti.

Zavod xodimlariga kompensatsiya to'lovlari darajasi ish stajiga va egallab turgan lavozimiga qarab hisoblab chiqiladi, lekin eng kam miqdori o'rtacha ish haqinining 12 barobarini tashkil qiladi.

To'g'ridan-to'g'ri to'lovlardan tashqari, Toyota bo'shatilgan xodimlar uchun yil davomida amal qiladigan ixtiyoriy tibbiy sug'urta polislarini saqlab qoladi, shuningdek, 50 000 rubl( 9 mln. so'm) miqdorida qayta tayyorlash yoki malaka oshirish xarajatlarini qoplaydi.

Toyota sentabr oxirida Sankt-Peterburgdagi zavod yopilishini rasman e'lon qildi. Ular buni 4 mart kuni to‘xtatilgan korxona faoliyatini qayta tiklash istiqbollari yo‘qligi bilan izohlashdi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, kompaniyaning Rossiyadagi faoliyatini to'xtatishdan ko'rgan zarari deyarli 660 million dollarni tashkil qilgan.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#Toyota