Sobiq AQSH prezidenti Donald Trampning noodatiy mashinalar kolleksiyasi

Sobiq AQSH prezidenti Donald Trampning noodatiy mashinalar kolleksiyasi

Donald Trampning boyligi 4.5 mlrd dollarga teng(2020-yilgi ma'lumotlar asosida). Bizga qiziq jihati, u qanday mashinalarga egalik qiladi? Hozirgi maqolamizda prezidentning sizga aytib o’tiladigan boyliklarining orasida mashinalar kolleksiyasiga duch kelishingiz mumkin. Ularning ichida Rolls Royce va Mersedes kabi noodatiy mashinalar ham mavjuddir. U egalik qiladigan mashinalarning o’z tarixi va sotib olish sabablarini ko’rib o’tishimiz munkin.

2003 Mercedes-Benz SLR McLaren

2003 Mercedes-Benz SLR McLaren
 

2000-yilning boshlarida avtomobil sporti juda gulkirib rivojlandi va albatta boy insonlarning e'tiboridan chetda qolmadi. O’sha paytlari BENZ va McLAREN kabi sport avtomobillarini ishlab chiqariladigan kompaniyalar orasida raqobat kuchli edi. Sobiq prezident 2003-yilda bor-yo’g’i 370 dona ishlab chiqarilgan birinchi sport mashinasini sotib oldi. Uning quvatti 617 ot kuchiga va uning narxi 450.000 dollarga teng. Haqiqatdan ham, bu raqamlar insonni ajablantiradi.

2015 Mercedes-Benz S600

2015 Mercedes-Benz S600
 

Agar sizning ismingiz Tramp bo’lsa, siz bundan ilhomlanib maqtangan bo’lar edingiz. Agarda sizda ham qimmatbaho mashinangiz bo’lsa, siz boshqalar hasad qilishlari uchun uni albatta ko’z-ko’z qilasiz. S600 avtomashinasi Jeyms Bondning mashinasi kabi o’q o'tmas himoya tizimiga ega, zamonaviy ovoz kuchaytirgich (singalizatsiya), o’zini-o’zi himoyalaydigan super mashinadir. Mercedes-Benz S600 500 ot kuchiga ega 100km tezlik uchun 4.6 soniya kifoya.

1956 Rolls-Royce Silver Cloud

1956 Rolls-Royce Silver Cloud
 

Xabar qilinishicha, ushbu mashina Donald Trampga tegishli bo'lgan birinchi mashinalardan biri bo'lgan. U Rolls Royce brendini juda yaxshi ko’rgan va mashinalardan biriga egalik qilishga harakat qilgan. 1956-yilda mashinani sotib olgan. Bu kabi mashinalarni har kuni ham ko’ravermaysiz agar sotib olsangiz kuniga 10 martalab ko’rishingiz mumkin.

2015 Rolls-Royce Phantom

2015 Rolls-Royce Phantom
 

Mish mishlarga qaraganda bu mashinani Janobning o’zlari boshqaradi. Uning narxi qariyb 500.000 dollarga teng. Phantom haqiqatdan ham juda hashamatli va jozibador sedandir. U 453 ot kuchiga va 6,75 litrli V12 dvigateliga ega. U 100 km tezlikni 12 soniyada bosib o’tadi.

2016 Cadillac Escalade

2016 Cadillac Escalade
 

Dunyoda eng katta va shinamgina mashinalardan biri bu Cadillac Escalade. Donald Trampning mashinalar orasida bu mashina ham o’rin olgan. Bu mashinaning quvvati 420 ot kuchiga ega. Bunga egalik qilish, Janob sobiq prezidentdan bor yo’g’i 300.000 dollar talab etilgan.

1993 Cadillac Allante

1993 Cadillac Allante
 

So’ngisi va eng yaxshisi, bu Kadillac Allante poyga yo’li uchun yaratilgan oxirgi model edi. Unda atigi 295 ot kuchiga ega 4,6 litrlik Northstar dvigateli mavjud. '93 Allante, hatto, 76-chi Indy 500 poygasi uchun tezyurar mashina sifatida tanlangan. Allanteda yaratilgan texnologik o'zgarishlar hozirgi kunda juda ko'p. Ammo, ular Italiyada ishlab chiqilgan. Ehtimol, ushbu mashina "Trump Collection" ni yaratishiga katta sababchilaridan biri bo’lgandir.

1997 Lamborghini Diablo VT

1997 Lamborghini Diablo VT
 

Lamborghini Diablo VT - Donald Tramp bir paytlar eng yaxshi superkarlardan biriga egalik qilgan ammo uni mashinani sotib yuborgan. U prezidentlikka kelishi bilan 299.000 dollarga sotib yuborgan. Nega sotganligi bizga aniq emas.

Janob sobiq prezidentning mashina kolleksiyasidagi boshqa avtomobillar

Janob prezidentning mashina kolleksiyasidagi boshqa avtomobillar
 
Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!