Tesla 75 dollarlik ikkita stakan ishlab chiqardi

Tesla 75 dollarlik ikkita stakan ishlab chiqardi

Tesla elektromobillarga bevosita aloqador bo'lmagan yana bir mahsulotini ishlab chiqardi. Bu tekila ichish uchun mo'ljallangan ikkita stakan to'plami. Stakanlarga stend biriktirilgan, chunki ular mustaqil ravishda turolmaydilar. Tesla Sipping Glesses nomli komplektning narxi joriy kurs bo‘yicha 75 dollarni tashkil qiladi.

Stakanlar o‘zi uchburchak shaklda bo‘lib, u Teslaning o‘ziga xos tekila shishasining dizaynidan ilhomlangani aytiladi (u chaqmoqqa o‘xshaydi). Shunday qilib, stakannni o'z-o'zidan tik holda ushlab turish mumkin emas. To'ldirilganda, ular faqat stendga joylashtirilishi kerak bo'ladi.

Stend metalldan yasalgan va xuddi stakan kabi kompaniya logotipi bilan bezatilgan. Barcha holatlarda logotip o'yma shakl bilan qo'llaniladi.

Tesla roppa-rosa ikki yil avval, 2020-yil noyabr oyida o‘zining tekilasini ishlab chiqargan. Partiya cheklangan edi, barchasi bir shisha uchun 250 dollardan juda qisqa vaqt ichida sotildi.

Teslada ishlab chiqilgan noodatiy aksessuarlar orasida, masalan, metalldan yasalgan Cybertuck pikap ko'rinishidagi elektromobil bor. Ilon Maskning boshqa kompaniyasi The Boring Company bir muddat oldin Burnt Hair deb nomlangan parfyumeriya chiqarilishini e'lon qilgan edi.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#Tesla