Tesla halokatga uchragan Model S uchun xaridorga 155 ming dollarni qaytarishdan bosh tortdi

Tesla halokatga uchragan Model S uchun xaridorga 155 ming dollarni qaytarishdan bosh tortdi

Bor-yo‘g‘i bir necha ming kilometr bosib o‘tgan Tesla Model S Plaid avtomobilini Jeff ismli egasi avgust oyi oxirida elektromobilni servis markazida xizmat ko‘rsatish uchun qoldirgan. Taxminan bir hafta o'tgach, Model S buzilgan va ta'mirlana olmagani ma'lum bo'ldi. 

Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, servis markazi xodimi texnik xizmat ko'rsatganidan so'ng mijozning elektromobilini shahar ko'chalari bo'ylab haydashga qaror qilgan. U Model S bilan hamma narsa tartibda ekanligiga ishonch hosil qilishni kutgan.

Biroq Model S to'xtash belgisi talab qilganidek, chorrahada to'xtamadi. Natijada ko‘ndalang yo‘nalishda harakatlanayotgan Audi A5 elektromobilning o‘ng tomoniga borib urilgan. Tesla Model S kuzovi jiddiy shikastlangan va barcha xavfsizlik yostiqchalari ochilgan.

Xizmat ko'rsatish markazi xodimining mas'uliyati nihoyat aniqlangandan so'ng, Tesla Jeffga avariyaga uchragan elektromobilning o'rniga yangi elektromobil taklif qildi. Biroq, ertasi kuni kompaniya bu jarayon kechikishini e'lon qildi va shundan beri aloqaga chiqmadi.

Taxminlarga ko'ra, Tesla vayron qilingan Model S uchun sug'urta olishni kutmoqda va bu bir necha hafta davom etishi mumkin. Biroq, jabrlanuvchi nashrga ta'kidlaganidek, unga vaziyat qanday rivojlanishi haqida ma'lumot berilmagan.

Avgust oyi oxirida Tesla janjal markazida edi, Gap shundaki,  internetda Model 3 bolalar manekenini ketma-ket bir necha marta elektronika nazorati ostida urib tushirgan video e'lon qilingan. Teslaning o‘zi bu videoni “avtopilotning imkoniyatlarini buzib ko‘rsatuvchi” deb atadi va videoda olingan havaskor sinovi “ehtimol firibgarlikdir” deb baholangan.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!