Tojikiston elektromobil importini soliq va bojlardan to‘liq ozod qilmoqchi

Tojikiston elektromobil importini soliq va bojlardan to‘liq ozod qilmoqchi

Qo‘shnilarimiz, garchi ko‘p o‘xshashliklarimiz bo‘lsada, bizdan farqli o‘laroq proteksionizm kasaliga kamroq chalinishgan. Kelasi yildan boshlab Tojikiston elektromobil importini soliq va bojlardan to‘liq ozod qilmoqchi.

Bizdayam shunday-ku, deyishiniz mumkin. Shunday emas. Bizda elektromobil importi QQS bilan soliqqa tortiladi. Shuningdek, notarif cheklovlar mavjud. Bojxona rasmiylashtiruvi (0,2%), Muvofiqlik sertifikati (400 dollar atrofida) va bojxona deklaranti uchun (100 dollar atrofida) ham to‘lash kerak.

Elektromobil importida eng katta cheklov bu - o‘zbekistonlik yiliga bittadan ortiq elektromobil olib kira olmasligi bilan bog‘liq. Buning uchun muvofiqlik sertifikati degan o‘ylab topilgan balo to‘sqinlik qiladi. Ya’ni o‘zbekistonlik ikkinchi elektromobilni olib kirmoqchi bo‘lsa, unga muvofiqlik sertifikati berilmaydi, demakki, bojxona rejimidan chiqarilmaydi.

Shuningdek, elektromobil  importi nazorati sekin-asta tor manfaatlar guruhiga o‘tib ketishi risklari mavjud. Masalan, sho‘rpeshonamizga bitgan balo "Uzavto", elektromobil chayqovchiligi bilan shug‘ullanishni boshlasa, bo‘ldi, urdi xudo degani. 13 ming dollarlik BYD E2 elektromibilini 25 ming dollarga, 20 ming dollarlik BYD Qin Pro modelini 35 ming dollarga olishga majbur bo‘lamiz.

Manba

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.