"Tolibon" Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan birinchi superkarni taqdim etdi

Afg‘onistonda birinchi milliy superkar Mada 9 ishlab chiqildi. Prototip taqdimotidan olingan videorolikni Twitter’da mamlakat hokimiyatidagi “Tolibon” harakati vakili Zabiulla Mujohid joylashtirdi.

U taraqqiyotni Afg‘oniston uchun faxr deb atadi va bu boradagi ishlarni tashkil etgani uchun Kasb-hunar ta’limi vazirligiga minnatdorchilik bildirdi. Daily Mail nashrining yozishicha, Kobul kasb-hunar institutining (ATVI) 30 nafar muhandisi mashina ustida besh yildan beri ishlamoqda.

Mada 9 ning batafsil texnik tavsiflari haqida hech narsa ma'lum bo'lmasa-da, nashrning ta'kidlashicha, superkarga o'zgartirilgan Toyota Corolla dvigateli o'rnatilgan. Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar Afg‘onistonning tog‘li landshafti bo‘ylab harakatlanish qulayligi uchun avtomobilni elektr uzatish qutisi, shuningdek, SUVning ayrim xususiyatlari bilan jihozlashni rejalashtirmoqda.

ATVI rahbari G‘ulom Haydar Shahamat Afg‘onistonning TOLO News telekanaliga bergan intervyusida superkar prototipi tez orada haydash samaradorligini baholash uchun sinovdan o‘tkazilishini aytdi. Ishlab chiqaruvchining ham jahon bozoriga chiqish niyati bor – nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, “avtomobilni xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etishga harakat qilinmoqda”.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan dekabr oyida AvtoVAZ prezidenti Maksim Sokolov sobiq Nissan zavodida kamida uchta yangi Lada modeli ishlab chiqarilishini e'lon qildi, ammo xorijiy hamkorlar, jumladan, xitoylik hamkorlar bilan muzokaralar hali ham davom etmoqda. Sankt-Peterburgda ishlab chiqarish 2023 yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilishi kutilmoqda.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!