Toshkent va Frankfurt oʻrtasidagi aviaqatnovlar soni oshiriladi

Toshkent va Frankfurt oʻrtasidagi aviaqatnovlar soni oshiriladi

Muntazam aviaqatnovlar dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

“Uzbekistan Airways” Toshkent va Frankfurt oʻrtasidagi reyslar sonini haftasiga uch martagacha oshirmoqda. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, 2022-yil 2-apreldan Toshkent — Frankfurt — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar soni oshiriladi.

Maʼlum qilinishicha, muntazam aviaqatnovlar dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!

Мавзу:

#самолёт