Toshkentdan Urganchga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Urganchga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish maqsadida 2022-yilning 18-20-23-25-27-30-dekabr va 2023-yilning 3-6-8-10-13-15-yanvar kunlari Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 12 ta qatnov yo‘lga qo‘yiladi. Qatnovlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:  

156-sonli Toshkent-Urganch yo‘nalishi — Toshkent 00:05 — Urganch 14:23;  

155-sonli Urganch-Toshkent yo‘nalishi — Urganch 17:35 — Toshkent 06:54.  

Qo‘shimcha ma’lumotni joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin, deyiladi xabarda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!