"Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufiga 12 dona avtobus topshirildi

"Toshshahartransxizmat" AJ va "TRUCK AND BUS TRADE GROUP" MCHJ o`rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, joriy yilning 9-yanvar kuni "MAN A22 CNG" rusumli avtobuslarning navbatdagi 12 donasi "Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufiga topshirildi.

Mazkur avtobuslarning:

🔹1 donasi  — "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 8-sonli “Olchazor mahallasi - Chilonzor mavzesi 25-daha”;
🔹1 donasi  — "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 58-sonli “Do`stlik 2-mavzesi - Ekskavator zavodi bekati”;
🔹2 donasi  — "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 80-sonli “Janubiy vokzal - M.Yusuf ko`chasi”;
🔹3 donasi — "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 105-sonli “Sergeli qo`rg`oni - Karvon bozori bekati";
🔹1 donasi — "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 131-sonli “Do`stlik 2-mavzesi - Olimpiya mavzesi”;
🔹1 donasi — "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 63-sonli “Qorasuv 1-mavzesi - Yunusobod mebel do`koni”;
🔹1 donasi — "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 83-sonli “Yunusobod mavzesi 6-daha - Ekskavator zavodi bekati”;
🔹1 donasi — "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 89-sonli “Qorasuv 1-mavzesi - Chorsu savdo markazi”;
🔹1 donasi — "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 96-sonli “Yunusobod mavzesi 9-daha - Mashinasozlar metrosi” avtobus yo`nalishlarida xizmat ko`rsatish uchun biriktirildi.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!

Мавзу:

#автобус