Toyota Crown modelini yangilaydi va elektr versiyasini chiqaradi

Toyota Crown modelini yangilaydi va elektr versiyasini chiqaradi

Afsonaviy Crown modeli Toyota tomonidan yo'ltanlamas versiyada chiqariladi. Bu haqda noma’lum manbalarga tayanib, Reuters 14-aprel kuni yozmoqda.

Avtomobilning yoʻltanlamas versiyasi Yaponiya, Xitoy va Shimoliy Amerika bozorlari uchun moʻljallangan. Gibrid, plug-in gibrid va butunlay elektr versiyalarining ishlab chiqarilishi  rejalashtirilgan.

Manbaga ko'ra, ishlab chiqaruvchi shu orqali modelni zamonaviy tendentsiyalarga moslashtirishga intiladi, chunki sedanlar, shuningdek, klassik ichki yonuv dvigatelli avtomobillar mashhurligini yo'qotmoqda.

Taxminlarga ko'ra, Toyota Crownning gibrid versiyasi 2023-yilning yozida bozorga chiqadi. Plug-in gibrid faqat Yaponiyada sotiladi. To'liq elektr versiyasi 2024-yil boshida kutilmoqda.

Shuningdek, manbalar joriy yilning yozida yangilangan Crown sedanining paydo bo'lishi mumkinligini xabar qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 67 yillik tarixga ega Toyota Crown avtomobili Yaponiyada to‘liq ishlab chiqilgan birinchi yengil avtomobil bo‘ldi. Bu, shuningdek, Amerika Qo'shma Shtatlariga eksport qilinadigan Yaponiyada ishlab chiqarilgan birinchi avtomobildir. 1990-yilda yapon sedanlarining mashhurligi cho'qqisida kompaniya 200 000 dan ortiq sedan sotgan bo'lsa, hozir ular yiliga 20 000 ga yaqin sotiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!

Мавзу:

#Toyota