Transportchilar ish tashlashi oqibatida yuz minglab yevropaliklar aziyat chekmoqda

Transportchilar ish tashlashi oqibatida yuz minglab yevropaliklar aziyat chekmoqda

Fransiyada 200 mingdan ortiq odam temir yo‘lchilarning ish tashlashi tufayli Rojdestvo bayramini rejadagidek nishonlash imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda Yeuronews telekanaliga tayanib, Kazinform xabar berdi.

Dam olish kunlarida beshta poyezddan ikkitasi, asosan tezyurar liniyalar bekor qilinadi.

Bunday vaziyatga yo‘l qo‘ymaslik uchun fransuz yo‘l operatori Yangi yil dam olish kunlarida imtiyozlar berdi va kasaba uyushmalariga xodimlar uchun yaxshilangan shart-sharoitlarni, jumladan, ko‘proq ish o‘rinlari va bonuslarni taklif qildi.

Qo‘shni Buyuk Britaniyada vaziyat yanada murakkab.

U yerda juma kunidan boshlab 31 dekabrga qadar deyarli barcha transport xodimlari, jumladan tez yordam haydovchilari ish tashlashmoqda.

Shuningdek, pochta, chegara va yo‘l xizmatlari xodimlari, tibbiyot xodimlari, hattoki avtomaktablarning imtihonchilari ham ishga kelmaydi.

Ish tashlashlar Bosh vazir Rishi Sunakning konservativ hukumatiga bosim o‘tkazmoqda, u davlat sektori xodimlarining ish haqini sezilarli oshirish haqidagi talablarini rad etmoqda.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!