Volkswagen elektr flagmanini 2030-yilgacha kechiktirishi mumkin

Volkswagen elektr flagmanini 2030-yilgacha kechiktirishi mumkin

Volkswagen kompaniyasining yangi rahbari Olivye Blumet Trinity flagman elektromobilining chiqarilishini 2026-yildan 2030-yilgacha ko‘chirish haqida o‘ylamoqda. Automotive News nashrining yozishicha, asosiy sabab – keyingi avlod dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bilan bog‘liq muammolar. Bundan tashqari, VW Volfsburg yaqinida elektromobillar ishlab chiqaradigan yangi zavod qurish g'oyasidan voz kechishi mumkin.

VW Trinity bilan birgalikda yangi SSP platformasi debyuti kutilgan edi, bu boshqa narsalar qatorida 4-darajali avtonom boshqaruv tizimlaridan foydalanishga imkon beradi. VW rahbariyati bu konseptsiyadan voz kechishni istamaydi, biroq ular bunday avtopilot uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqishga vaqtlari bo'lmasligidan xavotirda.

Nashr manbalarining xabar qilishicha, elektromobillar ishlab chiqaradigan yangi zavod qurish loyihasi moliyaviy barqarorlik nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilmoqda. VW kompaniyasining avvalgi rahbari Gerbert Diess Tesla bilan raqobatni kuchaytirish maqsadida elektromobillarni ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish va yangi korxona tashkil etish orqali ularning ishlab chiqarish hajmini oshirishni xohlagan. Agar zavod qurilishi bekor qilinsa, kompaniyaning Volfsburgdagi bosh ofisi Trinity ishlab chiqarishni o‘z qo‘liga oladi.

Nashrning yozishicha, Germaniyaning Tesla zavodida bitta Model Y ishlab chiqarishga hozirda 10 soatga yaqin vaqt ketadi. Shu bilan birga, Volkswagen ID.3 ni ishlab chiqarish uchun ikki barobar ko'p sarflaydi.

Kompaniya avvalroq elektr yo'nalishini rivojlantirish bilan birga ID Golfning ramziy nomidan voz kechmoqchi emasligini aytdi. Shu bilan birga, avlodlar almashinuvi bilan xetchbek katta ehtimol bilan elektromobilga aylanadi, lekin u yoki bu tarzda o'z nomini saqlab qoladi.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!

Мавзу:

#Volkswagen