Xitoyda minilgan avtomobillar sotuvi kamaydi

Xitoyda minilgan avtomobillar sotuvi kamaydi

Xitoyda foydalanilgan avtomobillar savdosi pasayishni boshladi. Bu tendensiya hali ham davom etmoqda. Bu haqda Xitoy avtomobil sotuvchilari uyushmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida Xitoyda foydalanilgan avtomobillar savdosi 16 foizga qisqarib, 1,32 milliontaga yetgan. Bitimlar qiymati 14,24 milliard dollarni tashkil etdi.

O‘tgan oyda bir qator dilerlar o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Xitoy avtomobil sotuvchilari uyushmasi koronavirus epidemiyasi tufayli mamlakatdagi foydalanilgan avtomobil bozori yaqin kelajakda unchalik tiklanmasligini ta’kidladi.

Aprel oyida bitimlar hajmi 10 foizdan oshishi kutilmoqda (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan). Shuni ham ta’kidlash joizki, COVID-19 pandemiyasidan avval xitoylik avtodilerlar foydalanilgan avtomobillarni xorijga sotish geografiyasini kengaytira boshlagan.

Bunga Xitoy rasmiylari 2019-yilda sotilgan barcha avtomobillar uchun qattiq standartlarini joriy qilgani sabab bo‘ldi. Mahalliy matbuotning yozishicha, 2019-yilda xitoylik avtodilerlar Kambodja, Nigeriya, Myanma va Rossiya kabi mamlakatlarga foydalanilgan avtomobillarni eksport qila boshlagan.

Xitoylik avtodilerlar Afrika mamlakatlarida foydalanilgan avtomobillarni sotish bo‘yicha katta istiqbollarni ko‘rishmoqda. Bundan tashqari, Xitoyning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri BYD Co. Ltd. kompaniyasi mart oyida o‘z biznesini butunlay elektromobillarga yo‘naltirdi va qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan transport vositalarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi.

2021-yilda BYD Co. Ltd. birinchi marta ichki yonuv dvigatelli avtomobillarga qaraganda ko‘proq elektromobillarni sotdi. O‘tgan yili BYD elektr transport vositalarining sotuvi 600 ming donadan oshib, 200% dan ortiq o‘sdi.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.