Yaponiyaning Mazda va Isuzu avtomobil ishlab chiqaruvchilari Rossiyani tark etadi

Yaponiyaning Mazda va Isuzu avtomobil ishlab chiqaruvchilari Rossiyani tark etadi

Mazda "Sollers"ga Uzoq Sharq qo‘shma korxonasining ulushini berib, Rossiyani tark etadi.

Mazda Rossiyani tark etadi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi Rossiyaning "Sollers" guruhiga yapon brendi avtomobillarini Uzoq Sharqda ishlab chiqarish bo‘yicha paritet qo‘shma korxonadagi o‘z ulushini o‘tkazish bo‘yicha kelishuv imzoladi, deya xabar bermoqda Mazda kompaniyasining ikkinchi moliyaviy chorak uchun taqdim etilgan hisobotida. Avvalroq Isuzu avtomobil ishlab chiqaruvchisi Rossiya bozoridan chiqishini e’lon qilgandi.

"O‘tkazish jarayoni tegishli organlarning ruxsati olinganidan keyin imkon qadar tezroq amalga oshiriladi", — deyiladi Mazda'ning hisobotida.

Mazda aksiyalarni o‘tkazishdan 12 milliard iyen zarar ko‘rishi kutilmoqda, bu joriy kurs bo‘yicha 82 million dollardan sal ko‘proq. Kyodo xabar berishicha, Isuzu ketishi bilan kompaniyaning Ulyanovskdagi 2022 yil bahoridan butlovchi qismlar yetkazib berishdagi muammolar tufayli ishlamay turgan zavodi ham yopiladi.

Avvalroq Kia ijrochi vitse-prezidenti Vu-Chon Chu kompaniya Rossiyada avtomobillar savdosini to‘xtatishi va faqat ularga texnik xizmat ko‘rsatishni qoldirishi mumkinligini aytgan edi. Top-menejerning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda Rossiyada noaniqlik kuchayishi va avtomobil bozori "bir muddat to‘liq to‘xtashi" mumkin.

Yaponiyaning Infiniti avtokonserni avvalroq “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida Rossiya bozorini tark etayotganini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, kompaniya ular qaytishga umid qilayotganlarini ta’kidlab, bayonotga yaponcha iborani qo‘shib, "Borib yana qaytib kelish yaxshi" deb tarjima qilingan.

Мавзу:

#Mazda