YHXB: Toshkent ko‘chalarida tezlikni kamaytirish tartibi hali kuchga kirgani yo‘q

YHXB: Toshkent ko‘chalarida tezlikni kamaytirish tartibi hali kuchga kirgani yo‘q

Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalari tezligi 60-50 km/s.ga tushirilgani haqida xabarlar berildi. 

Ushbu tartib qachondan ishga tushishi haqida O‘zAga Toshkent shahar YHXB axborot xizmati rahbari Q.Xudoyberganov ma’lumot berdi:

— Xalq deputatlari shahar kengashi sessiyasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXBning poytaxt ko‘chalarida tezlikni kamaytirish bo‘yicha taklifi ko‘rib chiqildi. Mana shu taklifdan keyin deputatlar poytaxt ko‘chalarida o‘rganib, uni ma’qulladi va sessiyaga taqdim etildi.

Sessiyada esa Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda transport vositalari tezligi soatiga 50 km. etib belgilanishi haqida qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, Kichik xalqa yo‘lida transport vositalari harakatlanishi tezligi soatiga 60 km. etib belgilanmoqda.

Bu faqat poytaxt ko‘chalarida joriy etiladi. Bu haqda maxsus komissiyaning qarori qabul qilingach, tezlikni kamaytirish bo‘yicha tartib kuchga kiradi.