1-mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlar yo‘qoladimi?

1-mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlar yo‘qoladimi?

8 kundan keyin, Davlat rahbarining  avtomobil xarididagi navbatlarni to‘liq bartaraf etish to‘g‘risidagi topshirig‘i ijro etilishi kerak.

Jonsarak Qurbonov hozirdan tashvishga tushayapti: oktabrgacha cho‘zilayotgan shuncha navbat qanday so‘rilib ketadi?

Rasmiy statistika bo‘yicha 2022 yilning 3 oyida 68 905 dona avtomobil ishlab chiqarilgan, bu 2021 yil ko‘rsatkichidan 24 451 dona ko‘p (aynan o‘tgan yili talabning qondirilmagani navbatlar muammosini kuchaytirgandi). Lekin bu avtomobil sotib olishda uzun navbatlar kuzatilmagan pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichdan 6 530 dona kam. Demak, hozirgi ko‘rsatkichlar yetarli emas.

Bekorga Davlat rahbari birinchi yarim yillikda kamida 160 mingta avtomobil ishlab chiqarish lozimligini ta’kidlamagan edi. Navbatlar so‘rilib ketishi uchun programma minimumga yetib borish kerak. 

Shuningdek, avtomobillar eksportini to‘xtatib, ko‘proq ichki bozorga yo‘naltirib, butlovchi qismlar hisobiga yillik eksportni 500 million dollarga yetkazishga ko‘rsatma berilgan edi. Bu vazifa ham hozircha savol ostida. Statistika ko‘rstayaptiki, avtomobillar eksporti davom etmoqda. Yillar davomida faqat O‘zavtomotorsning kafolatlangan buyurtmasi uchun ishlagan, raqobatga bardoshsiz mahalliylashtirish botqog‘idagi korxonalarni eksportga yo‘naltirish oson ish emas.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!

Мавзу:

#қонун