4-yanvar sanasidan boshlab UzAuto Motors shartnoma tuzish, barcha avtomobillarni topshirish va to’lovlarni qabul qilishni vaqtincha to’xtatadi

4-yanvar sanasidan boshlab UzAuto Motors shartnoma tuzish, barcha avtomobillarni topshirish va to’lovlarni qabul qilishni vaqtincha to’xtatadi

4-yanvar sanasidan boshlab UzAuto Motors SAP hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirish  va mahsulot inventarizatsiyasini o’tkazayotganligi munosabati bilan, ushbu muddatda kontraktatsiya shartnomasini tuzish, barcha avtomobillarni topshirish va to’lovlarni qabul qilish vaqtincha to’xtatiladi. Bundan tashqari, dasturiy ta'minotni ishga tushirish tadbirlaring o'tkazilishi munosabati bilan UzAvtoSavdo ilovasi faoliyati ham vaqtincha to'xtatib turilishi mumkin.

Dasturiy ta'minotni yangilash va inventarizatsiya ishlari yakunlangandan so'ng, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish, oldindan to’lovni qabul qilish va avtomobilni yetkazib berish to’liq hajmda qayta tiklanadi.

2022-yil, yangi yil arafasida avtomobil yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan va 7 kun ichida oldindan to‘lovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan so’ng, avtomobil uchun oldindan to’lovni amalga oshirishi mumkin. Shu bilan birga, ular tomonidan avtomobil yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘z kuchida qoladi, faqat oldindan to‘lov muddati uzaytiriladi.

UzAuto Motors kompaniyasi iste’molchilardan 4-5 kun davom etishi mumkin bo'lgan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunishlarini so’rab qoladi, deyiladi UzAuto Motors xabarida.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#GM