Avtomobilning yaratilishi haqida ma'lumotlar

Avtomobilning yaratilishi haqida ma'lumotlar

Odamlar qadimdan ot qo‘shmasdan o‘zi yuradigan arava yasashni orzu qilishgan. Buning uchun ular nimalar o‘ylab topishmadi deysiz: richaglar, pedallar va tishli g’ildiraklar… yasashdi, hattoki, aravaga yelkan ham o‘rnatib ko’rishdi…

Va, nihoyat, 1770-yilda fransuz muhandisi N. Kyuno aravaga ot o’rniga bug‘ mashinasini «qo‘shishga» qaror qildi, so’ngra bu g’aroyib qurilmani «avtomobil» (yunoncha so‘z bolib, o’zbekchada «o‘zi yuruvchi» ma’nosini anglatadi) deb atadi.

Oldiga mis qozon osilgan, uning orqasidagi o’rindiqqa esa haydovchi o’tirib olib, rulni u yoqdan bu yoqqa burayotgan bunday arava shahar ko’chalarida yura boshladi. U biroz yuradida, to‘xtaydi, demak qozonda bug‘ tugab qolgan. Bug’ bo'lmasa, mashinaning g’ildiraklari aylanmaydi.

Haydovchi aravadan tushib, o’txonaga o‘t yoqadi va qozondagi suvni qaynatadi, shundagina bug‘ hosil bo‘lib, arava yana yo‘lida davom etadi. Bunday haydovchini bekorga "shofyor" deyishmagan (fransuzcha «shofyor» so‘zi «o‘t yoqar» ma’nosini anglatadi).

Inglizlar esa boshqa narsani o‘ylab topishdi: kareta — aravaga bug‘ qozonini «qo‘ shib», yolovchilarni tashiy boshlashdi. Shahar ko‘chalarida mo‘risidan buriqsib tutun chiqib turgan g’alati ko'rinishdagi bug‘ avtobuslari gumburlab va taraqlab yura boshladi. Bunday avtobusda yurish ham noqulay, ham xavfli bo’lgan: har daqiqada qozon portlab ketishi mumkin edi.

Keyinroq bug‘ mashinasi o‘rniga benzinli dvigatel, ya’ni motor o'natildi. 1886-yilda nemis mexanigi Karl Bens motorni izvosh aravaga moslashtirdi. Ana shu arava benzin bilan yuradigan birinchi avtomobil bolib qoldi.
Benzin bilan yuradigan avtomobillar yildan-yilga ko’paya bordi.

Ularning tashqi qiyofasi o‘zgardi, konstruksiyasi yaxshilandi, tezligi oshdi. Lekin avtomobilning bir narsasi o‘zgarmadi u hali ham motorli aravaligicha qoldi. Oldiniga u faqat yo’lovchilar tashib yurdi, lekin tezda yuk ham tashiy boshladi.

Ana shunday qilib, avtomobillarning uch oilasi: yengil avtomobillar, yuk avtomobillari va avtobuslar paydo bo‘ldi. Birinketin (1924-yildan 2000-yilgacha) Amerika, Germaniya, Yaponiya, Angliya, Italiya, Rossiya, Chexoslovakiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Shvetsiya, Belorussiya, Ukraina va boshqa mamlakatiarda AMOF1,5 («polutorka», ya’ni bir yarim tonna yuk ko’taradigan yukavtomo bili), GAZA, ZIS110, «Ford», «Mersedes», «Moskvich», «Pobeda», MAZ200, «Volga», «Chayka», «Zaporojes», «Jiguli», «Oka», «Tavriya», ZIL, KamAZ, «Ural», «Opel», «Vol vo», «Pejo», «Reno», «Fiat» va boshqa rusumli avtomobillar ishlab chiqarildi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng avtomobil sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shildi. Janubiy Koreya ning DECJ korporatsiyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan «O‘zDEU avto» qo’shma korxonasi tuzilib, Andijon viloyatining Asaka shahrida «Neksiya», «Damas», «Tiko» rusumli yengil avtomashinalar (1996-yildan),

Turkiyaning «Kochxolding» kompaniyasi bilan hamkor likda avtobus va turli yuk avtomashinalari ishlab chiqaradigan «SamKochAvto» qo‘shma korxonasi tuzilib, Samarqand shahrida M 23.9, M24.9, M29 rusumli avto buslar va 35.9, 65.9, 80.12 rusumli har xil yuk avtomashinalari (1999-yildan) ishlab chiqarila boshlandi.

Xuddi odamlarga o’xshab, avtomobillarn ing ham kasblari ko‘p: ularning ichida o‘t o‘chiruvchi va sanitarlar ham, xat tashuvchi va montyorlar ham, yuk tashuvchi va ko’cha supuruvchilar ham, jangchi va sportchilar ham bor. Ba’zilari o’zining ulkanligi va bahodirona kuchi bilan kishini hayratga soladi.

Masalan, Belorussiya avtozavodining 65 tonnali BelAZ 524 samosvali ana shunday ulkan va pah lavondir. Bir galning o‘zida 120 tonnagacha yuk tashiy oladigan haqiqiy pahlavonlar — maxsus avtopoyezdlar ham bor. Ular katta katta qurilish va konlarda ishlashadi, tuproq, shag’al, ruda tashishadi.

Bahaybat samosval oldida yengil mashina o‘yinchoqdek ko‘rinadi. Lekin u juda qulay va tezyurar. «Volga» avtomobili soatiga 145 kilometrgacha, «Chayka», «Neksiya» esa 200 kilometrgacha yo‘l bosa oladi.

Tez yurish va og‘ir yuklarni ko’tarish uchun qudratli yurak va baquvvat muskullar kerak. Avtomobilning yuragi uning motoridir. Motor energiyasini g‘ildiraklarga uzatib turadigan vallar esa uning muskullaridir.

Mana, shofyor mashinani o‘t oldirdi, starterni bosdi, elektr uchquni dvigatel silindrlari dagi yonuvchi aralashmani alangalantirdi, shunda hosil bolgan gaz bosimi ta’sirida por shenlar harakatga kela boshladi, vallar ay lanib, g‘ildiraklar qo‘zg‘aldi.

Motor qanchalik kuchli bo‘lsa, mashina shuncha tez yurishi va ko‘p yuk tashishi mumkin. Mana shuning uchun ham eng kuchli dvigatellarni poyga avtomobillariga, tya gachlar (shatakchi avtomobil yoki traktorlar) va ko‘p tonnali samosvallarga o’rnatishadi.

Avtomobildan hamma yerda: xo’jalikda ham, uyro‘zg‘orda ham, hatto dam olish pay tida ham foydalaniladi. Shuning uchun kundan kunga avtomobillarning soni ortib bormoqda. Bu esa bir tomondan yaxshi, bir tomondan yomon. Nima uchun yaxshiligi ham maga ma’lum: avtomobil odamning eng ya qin yordamchisi.

Lekin millionlab avtomobillar har daqiqada havoga chiqaradigan zararli gazlar sayyora havosini bulg‘aydi. Demak, benzin bilan emas, balki boshqa zararsiz yonilg‘i bilan yuradigan dvigatellar va butunlay boshqa konstruksiyadagi avtomobillar kerak ekan. Hozirgi kunda vodorod, gaz, elektr energiyasi, hatto quyosh energiyasi yordamida yuradigan avtomobillar paydo bo'lmoqda.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#Қизиқ