“Azal” aviakompaniyasi Bokudan Farg‘onaga parvozlarni boshladi

“Azal” aviakompaniyasi Bokudan Farg‘onaga parvozlarni boshladi

Ozarbayjonning “Azal” aviatashuvchisi 15-dekabrdan boshlab Boku-Farg‘ona-Boku yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni boshladi, deb xabar bermoqda "Uzbekistan Airports" matbuot xizmati. 

Airbus A320 samolyotlarida muntazam parvozlar haftada bir marta - payshanba kunlari amalga oshiriladi. 

Shuningdek, Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Toshkentga haftasiga ikki marta – payshanba va yakshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi. Bokudan Samarqandga - seshanba va payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#самолёт