Bentley yangi flagman krossoverini 10-mayda taqdim etishini e'lon qildi

Bentley yangi flagman krossoverini 10-mayda taqdim etishini e'lon qildi

Bentley o'zining yangi modeli tizerini namoyish etdi. Avtomobil premyerasi 2022-yil 10-mayda bo‘lib o‘tadi. Bugungi kunga kelib, avtomobil kattalashtirilgan o'lchamlarga ega bo'lishi va "yangi darajadagi qulaylikni taklif qilishi" ma'lum.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gap uzun g‘ildirak bazasiga ega Bentayga haqida ketmoqda. Ilgari bunday krossover ustidagi ishlarni Bentley bosh direktori Adrian Xollmark tasdiqlagan edi.

Eslatib o'tamiz, uzun g'ildirak bazasi Bentayga prototiplari 2020-yilda yo'llarda sinab ko'rilgan edi.

Krossoverning xarakteristikalari hozirgacha sir saqlanmoqda. Ishlab chiqaruvchi faqat yangilik qatorning yuqori qismida joylashishini va ilgari taklif qilinganlarning barchasidan ustun bo'lgan eng keng imkoniyatlarni taqdim etishini ta'kidladi.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#Bentley