Chevrolet kompaniyasi Spark avtomobillarini qaytarib olishini ma’lum qildi

Chevrolet kompaniyasi Spark avtomobillarini qaytarib olishini ma’lum qildi

AQSHda 2013 - 2015 yillarda ishlab chiqarilgan 120 ming dona Chevrolet Spark avtomobillarida  qulf ilgaklari kapot qulfining ishdan chiqishiga sabab bo‘layotgani uchun ta’mirlashga yuboriladi.  Kompaniya  mutaxassislari qayta chaqirib olingan avtomobillarda nafaqat kapot ilgaklarini, balki qulflarini  ham almashtirib  berishni va’da qilmoqda.

Kompaniya avtomobillarda aniqlangan ushbu nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha ikkinchi bor chaqirib olmoqda. Birinchi bor, joriy yilning may oyida bu muammo aniqlangan va avtomobillar chaqirib olinib ta’mirdan chiqarilgandi. Biroq birinchi ta’mirlash ishlari samarasiz bo‘lgani ko‘rinib turibdi.

Chevrolet kompaniyasida avtomobil egalarining kafolat davridagi shikoyatlari va sudga kiritgan da’vo arizalari tahlil qilinganda shu aniq bo‘ldiki, o‘tgan yetti yil davomida dunyo bo‘yicha avtomobil kapotidagi nuqson bo‘yicha 276 ta holat aniqlangan. Aynan 22 ta yo‘l transport hodisasi esa avtomobil kapotining to‘satdan ochilib ketishi tufayli sodir etilgan.

Ushbu muammo global xarakterga ega bo‘lsada hozircha kompaniya faqatgina AQSHdagi avtomobillarini ta’mirlashuchun chaqirib olmoqda. Ayni paytda 116 223 ta ichki yonuv dvigatelli va 4465 ta elektrodvigatelli Spark avtomobillari chaqirib olingan. Spark avtomobilining narxi AQSHda 13600 $ ni tashkil etadi.

2022 yilning fevral oyida General Motors kompaniyasi Spark avtomobiliga talab kamligi tufayli, uni ishlab chiqarishdan olishini ma’lum qilgandi. Ushbu rusum 2022 yilning oxirigacha konveyerni tark etadi. Spark EV elektromobilini ishlab chiqarish esa 2017 yildayoq to‘xtatilgan.

Bundan biroz muddat avval, aniqrog‘i 17 avgust kuni AQSH da General Motors salkam yarim million dona avtomobilni xavfsizlik kamarlaridagi nuqson tufayli ta’mirga yuborgandi. Ushbu nuqson asosan Cadillac Escalade, GMC Yukon, Chevrolet Suburban va Tahoe yo‘ltanlamaslarida aniqlangan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!

Мавзу:

#Spark