Chevrolet modellari 2022-yilda Rossiya bozorida qolishi mumkin

Chevrolet modellari 2022-yilda Rossiya bozorida qolishi mumkin

Chevrolet kompaniyasining ommaviy modellari General Motorsning Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi yopilganidan keyin mamlakat bozorida qolishi mumkin. Bu haqda “AUTOSTAT” agentligiga “Keles Rus” ijrochi direktori Vadim Artamonov ma’lum qildi.

Vadim Artamonovning aytishicha, Chevrolet avtomobillarini Rossiya Federatsiyasiga yetkazib berish UzAuto Motors kompaniyasining O‘zbekiston va Qozog‘istondagi ishlab chiqarish maydonlaridan amalga oshirilmoqda. Rossiyaga nisbatan sanksiyalar rejimi doirasida, hali mart oyi boshida kompaniya Rossiya bozoriga ommaviy ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari va ular uchun ehtiyot qismlar yetkazib berishni keyingi ogohlantirishgacha vaqtincha to‘xtatishga qaror qilgan edi.

Yetkazib berish qachon davom etishi hozircha noma'lum. Shuningdek, u "GM"ning Rossiyadagi vakolatxonasi hech qachon Rus operatsiyalarida ishtirok etmaganligini, shuning uchun Chevrolet ommaviy modellarining kelajakdagi istiqbollari uning yopilishiga bog'liq emasligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya bozorida ommaviy segmentdagi Chevrolet avtomobillari sotuvi 2021-yil iyun oyida – General Motors va UzAuto Motors o‘rtasidagi kelishuv doirasida qayta tiklangan.

Bugungi kunga kelib, Chevrolet ommaviy segmentidagi modellar qatori mamlakatda uchta model - Cobalt, Nexia va Spark bilan taqdim etilgan.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!

Мавзу:

#GM