Dubaydagi avtomobillar turar joylari(stoyanka) tashlandiq Ferrarilar bilan to'lib toshgan

Dubaydagi avtomobillar turar joylari(stoyanka) tashlandiq Ferrarilar bilan to'lib toshgan

Mashinalarni axlat kabi tashlab ketishlari ular uchun yangilik emas. . .

Birlashgan Arab Amirliklari - badavlat shaharlardan biri, lekin u yerda ham hammasi yaxshi emas. Muammolar haqiqatdan ham ajablanarli. Ular shu qadar haqiqiyki boshqa davlatlar bularni o'zlariga qabul qilishga xursand bo'lishar edi.

Birlashgan Arab Amirliklarda ko'pincha Dubayda mashinalar egalari lyuks avtomobillarini mashinalar turar joyiga chang bosib yotishi uchun qoldirib ketishlarini soni ko'payib ketmoqda. Bir yil mobaynida uch mingta tashlandiq mashinalarni topishdi. U yerdagi politsiyalar mashinalarni olib ketib sotuvga qo'yishadi. Bu "axlatlar" bilan kurashishni eslatadi, misol uchun bitta Ferrarini olib tashlasangiz o'rnida yana ikkita tashlandiq Ferrarilar paydo bo'ladi.

 

Boyligi juda ham ko'p bo'lgan sheyhlar yangi mashina sotib olishganda eski mashinalarini axlat qilib tashlab yuborishadi deb o'ylagandirsiz. Aslida bunday emas. Bu barcha tashlandiq BMW, "Porsh", "Mersedeslar" va shu kabi boshqa mashinalar aslida dubayga pul ishlab topish uchun kelgan chet elliklarga tegishli bo'lgan.

 
 

Persid ko'rfaz sohillarida qulay joylashib Amirlik fuqarolari kabi eng qimmat mashinalar va og'ir soatlar sotib olib o'zlariga kreditlarlarni "orttirib" olishadi. Lekin ularning bizneslari kuysa yoki mablag'lar yo'qola boshlaganda, barcha sanoqsiz immigrantlar kabi ularga qamoqga tushish xavfi kutib turibdi.

 

BAA da boshqa shaharlar kabi shariat qonunlar bo'yicha bankrotlik hujjatini rasmiylashtirganlarni ham javobgarlikdan qutqara olmaydi. Mazmunan bu jismoniy shaxslar uchun umuman ko'rib chiqilmagan. Kreditlar to'lamaslik esa - bu jinoyatchilikdir.

 

Qamoqga tushib qolmaslik uchun esa omadsiz chet elliklar tezda uylariga uchib ketib, boshqa hech qachon qaytib kelishmaydi. Shuning uchun ko'pincha tashlandiq avtomobillar aeroport mashinalar turar joyida ko'payib ketadi.

 

Ish forma kostyumlardan ayrilgandan ko'ra qamoqga tushmaslik uchun Ferrari Enzo bilan xayrlashgan ma'qulroq !

 
 
Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!