Fransiya elektromobillarsiz qolishi mumkin

Fransiya elektromobillarsiz qolishi mumkin

Fransiyada  qish faslida  elektromobillarni  quvvatlash  muammoga aylanadi. 

Fransiya  gaz yetkazib berish bilan bog‘liq  muammolar tufayli juda murakkab vaziyatlarga to‘la qish faslidan talafotsiz o‘tib olishga tayyorlanmoqda.

Elektr energiyasini uzatish tizimi operatorlari  elektromobillarni  tezkor quvvatlash stansiyalarini tarmoqdan uzib qo‘yish taklifi bilan chiqishmoqda. Quvvatlash stansiyasi xodimlari esa shokda. 

Qanday qilib elektr energiyasini  tejash mumkinligi ustida bosh qotirgan Fransiya elektr energiyasini uzatish tizimi 8:00dan 13:00 gacha va 18:00 dan 20:00 gacha elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini elektr tizimidan uzib qo‘yishga qaror qildi.  Bu paytda  elektr energiyasiga  bo‘lgan talab juda yuqori bo‘ladi.  Kunduz kuni ishga ketayotganlar  foydalanadigan bupaytda tezkor quvvatlash terminallari bir qancha xonadonlarga yetadigan elektr energiyasini sarflaydi. 

Tezkor quvvatlash stansiyalarining operatorlari bu qarorga qarshi bo‘lmasa-larda  bir necha muqobil variantlarni ham taklif etishmoqda. 

«Bizning barcha terminallarimiz masofadan boshqariladi.  Eng tezkor qurilmamiz 300 kVt gacha quvvat bilan ta’minlaydi. Biz bu quvvatni 100 yoki 50 kVt gacha cheklashimiz mumkin,- deydi  Power Dot  kompaniyasi  direktori Mate Disham.  Biz  qachon elektr energiyasiga talab yuqori  yoki kam bo‘lganidan kelib chiqib,  bonus-malus tizimini o‘rnatishimiz mumkin.  Shunda elektr tarmog‘iga talab yuqori bo‘lganda ko‘proq, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj kamroq bo‘lganda esa kamroq to‘lashingiz mumkin bo‘ladi».

Fransiya hududida atrof muhit ekologiyasini yaxshilash va elektromobillarga bo‘lgan talabni yanada oshirish maqsadida deyarli 70 mingta  jamoat quvvatlash stansiyalari  ishlaydi.   Shuni aytib o‘tish kerakki, Fransiyada  bir qancha atom elektr stansiyalarining faoliyati  ta’mirlash uchun  bemavrid to‘xtatilgan.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!