General Motors qulashda davom etadi

General Motors qulashda davom etadi

2022-yilning dastlabki uch oyi natijalariga ko‘ra, AQSh bozorida Toyota sotuvlar bo‘yicha Amerikaning General Motors konsernini ortda qoldirdi, GM yaqingacha erishib bo‘lmaydigan yetakchi edi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Qayd etish joizki, o‘tgan yili ham Toyota sotuvlar bo‘yicha General Motorsni ortda qoldirib, GMning AQSh bozoridagi 91 yillik hukmronlik tarixini to‘xtatib qo‘ygan edi. Biroq ko‘plab tahlilchilar kompaniya 2022-yilda  qasos olishga qodirligiga ishonchi komil edi, biroq joriy yilning birinchi choragi yapon kompaniyasining pozitsiyasi juda kuchli ekanligini ko‘rsatdi.

Shunday qilib, 2022-yilning dastlabki 3 oyi davomida General Motors kompaniyasining AQShda sotuvi 20,1 foizga qisqardi va 512 846 dona yangi avtomobilni tashkil etdi, Toyota’ning shu davrdagi savdosi esa 15 foizga qisqardi va 514 592 dona yangi avtomobilni tashkil etdi.

Aytgancha, so‘nggi uch oy davomidagi sotuvlarning salbiy dinamikasini nafaqat Toyota va GM, balki boshqa ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchilar ham ko‘rsatdi. Masalan, Mazda sotuvi 3,2 foizga, Subaru 17,5 foizga, Porsche 24,9 foizga, Nissan esa hisobot davrini 24,9 foizga kamaygan holda yakunladi.