General Motors reklamalarini Twitter ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilishni to‘xtatdi

General Motors reklamalarini Twitter ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilishni to‘xtatdi

Amerika avtogiganti General Motors (GM) Twitter milliarder Ilon Mask tomonidan sotib olingandan keyin o‘z reklamalarini mazkur ijtimoiy tarmoqda e’lon qilishni to‘xtatdi, deb xabar tarqatdi CNBC telekanali kompaniya manbalariga tayanib.

Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, Twitterning yangi siyosatiga baho berilmagunga qadar ushbu tarmoqda reklamalar berilmay turiladi.  

CNBC telekanali ma’lumotiga ko‘ra,  GM mijozlari bilan hamkorlikni to‘xtatmaslik uchun ijtimoiy tarmoqdan foydalanishda davom etadi, lekin reklamalari uchun pul to‘lamaydi.  

"Biz mazkur platformaning yangi rahbar ostidagi rivojlanish yo‘nalishini tushinib olish uchun Twitter bilan harakatlarimizni muvofiqlashtirib boramiz", - deyiladi kompaniyadan tarqatilgan xabarda.

Twitter boshqaruvini o‘z qo‘liga olgandan keyin Mask ijtimoiy tarmoqning tahrir siyosatini liberallashtirishni rejalashtirmoqda. Chunki ko‘pchillik kontentni qattiq senzura ostiga olingan, deb tanqid qilib keladi. Shu bois tadbirkor Mask kontentning moderatsiya kengashini tashkil etishga va’da bergan.