Har bir avtomuxlisga qo’l keluvchi 16 maslahat

Har bir avtomuxlisga qo’l keluvchi 16 maslahat

Har bir avtomuxlisning hayotida yoqimsiz holatlar uchrab turadi. Ba’zida eshik ochilmaydi, chunki tashqarida -20 daraja sovuq bo'lishi mumkin,  ba’zida esa qayerdandir sezilmas lekin yoqimsiz pachoqlar paydo bo’ladi. Biz siz uchun bir necha ayyorliklar tayyorlab qo’ydik. Bu oddiy, lekin samarali maslahatlar avtomobildan foydalanishni yangi qulaylik bosqichiga olib chiqadi va hayotingizni sezilarli darajada yengillashtiradi.

1. Muzlagan qulfni eritishga qo’l dizenfeksiya vositasi yordam beradi.

Oddiy dizenfeksiya vositasi tarkibida qulfdagi muzlamani tez eritadigan spirt mavjud va aynan u eshikni ochishga yordam  beradi. Buning uchun vositani shunchaki kalitga surib qo’yish kerak. Xuddi shu usulda eritishga boshqa kuchli alkogoldan foydalanishingiz ham mumkin. 

 
 

2.Faralar yorqinligi uchun tish pastasi.

Oddiy tish pastani mato bilan suring va faralarni arting, bir necha daqiqadan so’ng ular yap-yangidek yaltiray boshlashadi.

 
 

3.Vantus pachoqlarni to’g’irlaydi.

Agar sizda pnevmatikvantuz bo’lsa, undanda a’lo…

 
 

4. Old oynadagi yoriqni rangsiz lak bo’yog’I “ushlab turish”ga yordam beradi.

Oyna darz ketdimi, uni almashtirishga esa vaqtingiz yoki pulingiz yo’qmi? Shunchaki yoriqga rangsiz lak bo’yog’ini surib qo’ying – bu bilan siz oynani mustahkamlaysiz va yoriqning kengayib ketishini oldini olasiz. 

 
 

5. Orqa o’rindiqdagi oyoq kiyim idishi avtomobil salonini tartibda saqlashga yordam beradi.

...

 
 

6.Signalizatsiya kaliti va shaxsiy boshingiz.

Agar siz eshikni ochmoqchi yoki mashinani yoqmoqchi bo’lsangiz, lekin kalitning signali katta masofa tufayli yetib bormayotgan bo’lsa uni shunchaki dahaningiz oldiga olib keling va tugmani bosing. Boshdagi suyuqlik o’tkazma sifatida foydalaniladi va kalitning ishlash radiusini ancha kangaytirishga yordam beradi.

 
 

7. Ko’p martali stakanlarda qog’oz sochiqlarni saqlash mumkin.

Nimaga? Chunki harbir avtomobilda stakan ushlovchi bor, lekin nam salfetkalar ushlovchi ilgich yo’q. 

 
 

8. Sovuqda qalinlashtiruvchi rezinalar uchun yog’.

Eshiklar rezinaga namlik tekkanligi sababli muzlab qolishadi. Shunchaki qalinlashtiruvchi rezinani yog’ga botirilgan mato bilan arting, so’ngra esa qog’oz sochiq bilan artib oling. Yog’ namlikni itaradi va eshiklar muzlab qolmaydi. 

 
 

9. Avtomobilni konditsionersiz ham shamollatish mumkin.

Old oynalardan birini oching va orqa eshikdan birini 5-6 marta ochib yoping. Eshikni ochib siz salondagi issiq havoni chiqarasiz va sof havo old oyna orqali salonga so’rilib kiradi. Barchasi oddiy!

 
 

10.Kalit ilgiridagi uzukni ochish uchun antisteplerdan foydalaning.

Bu kanselyariya anjomi yordamida kalit uchun ilgirnini ochish juda oson. Yaralangan va singan tirnoqlar haqida unuting!

 
 

11. Yopishqoq qog’oz izlaridan qutulamiz.

Old oynada nakleykadan iz qolmasligi uchun uning ostiga issiq nam sochiq yoki gazetani 10 daqiqaga qo’ying, va u osonlikcha ketadi. 

 
 

12. Avtomobil turar joyida qayerda to’xtaganligingizni unutmaslik uchun, ushbu joyni rasmga olib qo’ying

...

 
 

13.Garajdagi tennis koptogi muammosiz to’xtash uchun.

Garajingiz shiftiga tennis koptogini shunday ilingki, u old oyna (yoki orqa oyna- qaysi yo’nalishda kirishingizga qarab) tegib tursin, ushbu koptokning oynaga tegishi shu joyda to’xtash kerakligini anglatadi.

 
 

14. Chiqindi uchun kichik idish.

Mashinadagi kichik chiqindi idishi salondagi tozalik va tartibni saqlashga yordam beradi. Ishonavering,bir ozdan so’ng oldin usiz qanday yurganingizni tasavvur ham qilolmay qolasiz.

 
 

15. Kanselyariya rezinasidan ilgir sifatida foydalanish mumkin.

...

 
 

16. Kanselyariya rezinkasi va ofis qisqichi telefoningizni avtomobil paneliga mustahkamlashga yordam beradi.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!