Haydovchisiz harakatlanadigan avtomobillar qachon urf bo‘ladi?

Haydovchisiz harakatlanadigan avtomobillar qachon urf bo‘ladi?

O‘z-o‘zini boshqaradigan avtomobillar yaratish bo‘yicha ancha yillardan buyon tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunga qaramay, mashina ruli odam qo‘li boshqaruvidan  hamon qutula olmayapti. Gapning indallosini aytganda, mustaqil harakatlanadigan transportni global miqyosda joriy etish istiqbollari ishlab chiqaruvchilar uchun ham, hukumat uchun ham, oddiy odamlar uchun ham haligacha tushunarli emas. Biz hozircha dronlar nima ekanligini va asosiy talab – xavfsizlik ekanligini tushunamiz, xolos.

O‘zini o‘zi boshqaradigan mashinalarning hammasi ham mustaqil emas

Ha, “haydovchisiz boshqariladigan avtomobil” iborasini hamma har xil tushunyapti. Klassik ta’rif – bu avtomatik boshqaruv tizimi bilan jihozlangan avtomobil inson aralashuvisiz xavfsiz harakatlanishi kerak. Darvoqe, ma’lum darajada avtomatik tizimlar deyarli har bir avtomobilda mavjud. Biroq, inson nazorati darajasi bilan belgilanadigan dronlarning darajalari tizimichi? Hozircha eng past darajadagi uchuvchisiz tizimlar (kameralar, radar va lidarlardan tashqari) yo‘q. Lekin ovozli bildirishnomalar ishlab turibdi, signal panellari mavjud. 

Masalan, haydovchisiz harakatlanishning birinchi bosqichida haydovchi mashinani boshqaradi, lekin ba’zi avtomatlashtirish tizimlari qo‘shimcha ravishda ishlaydi. Avtomatik to‘xtash joyi, adaptiv kruiz nazorati va yo‘lni tark etish signallari shular jumlasidan. Ikkinchi darajadagi avtopilot ko‘pincha yo‘lda ishlashini anglatadi. Ammo tizim bardosh bera olmasa, tabiiyki, boshqaruvni haydovchi o‘z qo‘liga olishi kerak bo‘ladi. Misol uchun, avtopilot avtomobilni boshqarish, tormozlashi va tezligini nazoratga olishi kerak. Haydovchining iltimosiga bilan tizim istalgan vaqtda o‘chirilishi va yoqilishi mumkin. General Motors va Teslaning avtopiloti ma’lum vaziyatlarda tezlashadi, boshqaradi va tormozlaydi, lekin barchasida emasda.

Avtonom harakatlanishning uchinchi darajasida haydovchi boshqaruvga deyarli aralashmaydi. Bu asosan avtomagistrallarda haydash uchun amal qiladi. Ammo nostandart holatlarda, mashina yo‘l harakati sharoitlariga javob bera olmasa, tabiiyki, yana haydovchi boshqaruvni o‘z qo‘liga olishga tayyor bo‘lishi kerak. 

Janubiy Koreyada 2021 yil yozining o‘rtalarida Hyundai Motor dan haydovchisiz harakatlanadigan mikroavtobus qatnovi paydo bo‘ldi. U to‘rt eshikli RoboShuttle, deb ataladigan Hyundai N350 furgonidir. Avtomobil yo‘lda vaziyatni baholaydi va nazorat qiladi, keyin qaror qabul qiladi. RoboShuttle  ma’lum bir marshrut bo‘ylab harakatlanadi. Yo‘lovchilar esa yo‘l haqi uchun naqd pul to‘lamaydi, balki mavjud 20 ta bekatdan birini tanlagan holda smartfondagi ilova orqali to‘laydi. Kelajakda bunday yo‘nalishlar shaharning boshqa qismlarida ham joriy qilinishi mumkin.

Keyingi bosqichda yo‘lovchi faqat manzilni ko‘rsatadi va harakat qilish buyrug‘ini beradi. Ushbu darajadagi mashina mustaqil ravishda ma’lum bir nuqtaga yetib boradi. Hozircha yo‘llarda bunday mashinalar yo‘q. Avtomobil ishlab chiqaruvchilari BMW va Tesla  bir necha yil davomida 5 chi darajali hamyonbop tizimlarni yaratishni e’lon qildi. Ammo mutaxassislarning fikricha, bu ko‘proq vaqt talab etadigan jarayondir.

ResearchAndMarkets.comning boshqariladigan avtomobillar bozori bo‘yicha global prognoziga ko‘ra, dron ishlab chiqarish hajmi 2021-yildagi 20,3 milliondan 2030-yilga borib 62,4 milliongacha oshadi. Shu bilan birga, bu borada hozirda  rivojlanayotgan mamlakatlar masalan, Hindiston va Xitoy eng yuqori o‘sish sur’atlarini namoyish etmoqda. 

Asosiy vazifalarni bajarish mumkinmi?

Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish haydovchisiz transport vositalari hal qilishi kerak bo‘lgan asosiy vazifadir. Ammo yangi texnologiya bunga dosh bera oladimi hamda baxtsiz hodisalarning asosiy sababi bo‘lmish inson omilini minimallashtiradimi? Gap ana shunda! Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili 1 million 300 mingga yaqin odam yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ladi. Baxtsiz hodisalarning 90 foizi inson omili sababli ro‘y bermoqda. O‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobillardan kutayotganimiz esa bu foizni kamaytirishdir. 

Darhaqiqat, odamlarni eng ko‘p xavfsizlik masalalari tashvishga soladi, ya’ni  har birimizni “robot xato qilmaydimi”, “u mashinani qanday boshqaradi”, degan savollar qiziqtiradi. Rostini aytganda, haydovchisiz harakatlanadigan transport vositalarining imkoniyatlari ko‘p va noyobdir. Birinchidan, ular 360 graduslik ko‘rish burchagiga ega, ikkinchidan, u spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaydi, uchinchidan chalg‘imaydi, shuningdek, bir-biri bilan ma’lumot almashadi va nihoyat doimiy ravishda takomillashib boradi. 

Haydovchisiz harakatlanadigan transport vositalariga bo‘lgan e’tiborga nafaqat bunday mashinada haydash ehtimoli, balki sodir bo‘lgan hodisalar ham sabab bo‘ladi. 

2021 yil aprel oyida Tesla avtopiloti yo‘l harakati hodisasiga yo‘liqib, 2 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Qolaversa, bu avtonom haydovchiga yordam berish funksiyasidagi xatolar tufayli ro‘y bergan yagona baxtsiz hodisa emas. Biroq, shunga qaramay, o‘n minglab odamlar oddiy avtomashinalar bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarda halok bo‘lmoqda. Ular soni bilan solishtirganda haydovchisiz harakatlanadigan transport vositalari bilan sodir bo‘lgan avariyalarda nobud bo‘lganlar soni juda oz.

Haydovchisiz kelajak

Yo‘ldagi belgilar, svetoforlar, yo‘l belgilari haqida ma’lumot beruvchi hududning batafsil xaritalari transportlarga xavfsizroq harakat qilish imkonini beradi, albatta. Bundan tashqari, turli xil, garchi juda qimmat bo‘lsa-da, radarlar, sensorlar va bort kameralari xavfli transport holatlarini o‘z vaqtida aniqlaydi va oldini oladi. 

O‘z-o‘zidan boshqariladigan mashinalarga ishonmaydigan odamlarda nafaqat qo‘rquv, balki yangi texnologiyalarga nisbatan shubha  ham paydo bo‘ladi. Shuning uchun ishlab chiquvchilar va tadqiqotchilarning vazifasi avtonom transportning afzalliklarini ko‘rsatishdir. Safar mutlaqo inson aralashuvisiz amalga oshirilishi kerak. Texnologiyani hayotga ommaviy tatbiq etish va narxning jozibadorligi uchun avtomobil bortidagi hisoblash sensorlari va uskunalar to‘plamining narxi pasayishi kerak. Biroq, bu jarayon sekin va 15 yilgacha davom etishi mumkin, deydi mutaxassislar. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, haydovchisiz harakatlanadigan avtonom transport vositalarining rivojlanishi elektr transport vositalarining ommaviy taqsimlanishidan keyingina sodir bo‘ladi. Zero, aynan shu turdagi avtomobillarda avtopilot texnologiyalarini amalga oshirish yanada ishonchli va osonroqdir. Buning sababi bortdagi hisoblash qurilmalari juda ko‘p elektr energiya sarf qilishidir. 

Xullas, kelgusida haydovchisiz harakatlanadigan dronlar shahar muhitining ajralmas qismiga aylanadi. Qolaversa, kelajakda shaxsiy transport emas, balki aynan haydovchisiz harakatlanadigan jamoat transport vositalari yo‘lovchi tashish tizimini optimallashtirishi mumkin. Bu yog‘ini esa yaqin kelajak ko‘rsatadi, albatta.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!

Мавзу:

#Қизиқ