Internetda yangi superkar Lamborghini Huracan Tecnica ning birinchi surati paydo bo‘ldi

Internetda yangi superkar Lamborghini Huracan Tecnica ning birinchi surati paydo bo‘ldi

Yangi Lamborghini Huracan Tecnicaning tashqi ko‘rinishi rasmiy premyera oldidan ma’lum bo‘ldi. Superkar surati Unica ilovasidan olingan bo‘lib, avtomobil hech bo‘lmaganda qayta ishlangan old qismini olishini ko‘rish mumkin.

Shunday qilib, yangi Lamborghini Huracan Tecnica “Y” harfini tashkil etuvchi qo‘shimchalar bilan boshqa old bamperga ega bo‘ladi. Shuningdek, superkar kattalashtirilgan spoyler va olti burchakli egzoz quvurlarini oladi.

Huracan Tecnica 640 ot kuchi (600 Nm) quvvatga ega 5,2 litrli “aspiratsiyalangan” V10 va 7 bosqichli “robot” LDF bilan quvvatlanadi.

Yangi Lamborghini Huracan Tecnica 2022-yil 12-aprelda taqdim etilishi kutilmoqda.

Мавзу:

#Lamborghini