Klassik Ford Mustang elektromobilga aylandi. Narxi hamda tasnifi bilan tanishing

Klassik Ford Mustang elektromobilga aylandi. Narxi hamda tasnifi bilan tanishing

Britaniyaning “Charge Automotive” kompaniyasi 1967-yilgi Ford Mustang Fastback bazasida qurilgan elektromobil, dam olish uchun moslangan Ford Mustangni ishlab chiqarish boshlanganini e'lon qildi. 2018-yilda taqdim etilgan model qo'lda yig'iladi. Hammasi bo'lib 499 nusxa yig'iladi, ularni ishlab chiqarishda Ford tomonidan litsenziyalangan tarixiy uskunalar qo'llaniladi.

Birinchi avtomobilning premerasidan uch yildan ko'proq vaqt o'tdi va model narxi sezilarli darajada oshdi. 2018-yilning kuzida avtomobil yaratuvchilari taxminiy narxni aytishdi: taxminan 240 000 evro. Endi ular elektromobil uchun kamida 420 ming yevro so‘rayapti.

Endi elektr dvigatel haqidagi ma'lumotlar ham ma'lum bo'ldi. Ikkita elektr motor birgalikda 544 ot kuchi va 1500 Nm aylanish momentini ishlab chiqaradi. Turgan joydan 97 km/soat tezlikka erishish uchun 3,9 soniya vaqt ketadi. 64 kVt/soat quvvatga ega akkumulyatorlar bir zaryadda 322 kilometr masofani bosib o‘tish uchun yetarli bo‘ladi. Dastlab, xarakteristikalar ancha sodda deb nomlandi: 408 ot kuchi va bir zaryadda 200 kilometr. Shu bilan birga, restomodda tez zaryadlash funksiyasi ta'minlanmagan. Qurilmaning maksimal quvvati 50 kilovattdan oshmaydi.

Charge elektr Mustang klassik sifatida stilize qilingan, ammo uni takrorlamaydi. Salonda raqamli asboblar paneli va katta vertikal displeyga ega multimediya majmuasi paydo bo'ldi.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#Ford Mustang