Ko‘chma fotoradardan foydalanish qoidalari

Ko‘chma fotoradardan foydalanish qoidalari

Birinchi qism

Yo‘l harakati qatnashchilarining qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish maqsadida maxsus moslamalardan foydalaniladi. YPX xodimlari tomonidan yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatini nazorat qilishda foydalaniladigan maxsus moslamalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tgan bo‘lishi lozim.

Transport vositalarining oqimi va yo‘l sharoitini hisobga olgan holda, ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar biriktirilgan YPX xodimlari tomonidan ularning kunlik dislokatsiyasi belgilangan va maxsus moslamalardan tegishli tartibda foydalanish choralari ko‘rilgan bo‘lishi lozim.

Ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar bilan ishlashga ulardan foydalanish tartibini puxta o‘zlashtirgan va qo‘llash qoidalari bo‘yicha sinovdan o‘tgan YPX xodimlariga ruxsat beriladi. Ko‘chma fotoradar va mobil komplekslardan foydalanganda YPX xodimi moslamaning ko‘rsatkichlari bilan harakat tezligini oshirib, qoidalarni buzgan haydovchini tanishtirishi, uning talabi bilan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatishi lozim.

YPX xodimlarining patrul avtomobillarida foydalanish belgilab qo‘yilgan tezlikni o‘lchash moslamalarini o‘zboshimchalik bilan yechib olishi va xizmatga aloqasi bo‘lmagan boshqa (jismoniy va yuridik) shaxslarning transport vositalariga o‘rnatishi hamda xizmatni o‘tashga aloqador bo‘lmagan fuqarolarni jalb qilishi qat’iyan taqiqlanadi.  Mazkur talabga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!