Mahindra XUV400 krossoverini namoyish qildi

Mahindra XUV400 krossoverini namoyish qildi

Hindistonning “Mahindra” avtokompaniyasi koreyslarning  “SsangYong Tivoli”  rusumi bazasida  yaratilgan XUV 400 elektromobilini namoyish qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, XUV 400 elektrokrossoveri Mahindra XUV300 ning parketnigi hisoblanadi. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha,  elektrokrossover  koreys avtokompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan. 

150 ot kuchi quvvatiga ega elektromotor avtomobilning old o‘qlari ustiga joylashtirilgan. Litiy-ionli  akumulyatorning quvvati 39,4 kVt/sni tashkil etadi. Elektromobil to‘la quvvat bilan 456 km masofani bosib o‘tadi. 

Mazkur hind elektromobilida uchta tezlik rejimi bo‘lib, ularga aksariyat avtoishqibozlar uchun  urf bo‘lmagan Fun, Fast va Fearless nomlari berilgan.  Elektromobil 100km/s tezlikka  8,3soniyada erishadi. Eng yuqori tezligi esa 150km/s ni tashkil etadi.

Elektromobil salonida navigatorli mediatizim mavjud bo‘lib haydovchi u orqali harakatlanish yo‘nalishidagi  tezkor quvvatlash stansiyalarining joylashgan o‘rni haqida ham ma’lumot oladi.  Ushbu elektromobil 2023 yildan boshlab savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#Mahindra