Minglab Ferrari avtomobillarida tormoz muammosi borligi aniqlandi

Minglab Ferrari avtomobillarida tormoz muammosi borligi aniqlandi

Ferrari Xitoyda o'z avtomobillarini keng miqyosda qaytarib olishini e'lon qildi.

Tormoz tizimida muammolar bo‘lishi mumkin bo‘lgan 2222 ta Ferrari avtomobili xizmat ko‘rsatish uchun chaqirib olinishi e'lon qilindi. Gap quyidagi modellar haqida bormoqda: 458 Italia, 458 Speciale, 458 Speciale A, 458 Spider, shuningdek, 2010-yil 2 martdan 2019-yil 12-martgacha ishlab chiqarilgan va Xitoyga import qilingan 488 GTB va 488 Spider. Oxirgi 4 yil ichida Xitoyda barcha rusumdagi italyan brendining taxminan bir xil miqdordagi superkarlari sotilgan.

Ferrarining buncha ko'p avtomobilini qaytarib olishining sababi tormoz suyuqligining sizib chiqishi xavfi edi. Bu tormozlash samaradorligining pasayishiga yoki tormozlarning to'liq ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin, deya qayd etadi mahalliy regulyator.

Qaytarib olish ishlari joriy yilning 30-may kuni boshlanadi va shu vaqtgacha o‘z transport vositalaridan foydalanishni davom ettirmoqchi bo‘lgan avtomobil egalariga ularni “ehtiyotkorlik bilan” haydashlari, shuningdek, tormoz suyuqligining past darajasidagi chiroqni kuzatib borishlari qat’iy tavsiya etiladi.

"Agar yonib tursa, darhol to'xtating va evakuatorni chaqiring" deya murojaat qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!

Мавзу:

#Ferrari