Namangan — Olmaota yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlar yoʻlga qoʻyiladi

Namangan — Olmaota yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlar yoʻlga qoʻyiladi

Qatnovlar haftada ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Uzbekistan Airwaysʼning xabar berishicha, 2022-yil 30-martdan boshlab “Sharqiy” hab loyihasi doirasida “Namangan — Olmaota — Namangan” yangi xalqaro yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.

Qayd etilishicha, parvozlar haftada ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Мавзу:

#самолёт