"Nеxia 3" yoki "Cobalt" avtomobillaridagi foto(multi)radarlar qonunga zid. Nеga?

Obunachidan fikrlarini keltiramiz: Hozirda ko‘pchilikka ma’lumki avtoradarlar judayam ko‘payib ketdi. Nexia 3 yoki kobalt avtomashinalarda. Kuni kecha men avtomashinamda ushbu radarga tushdim. Neksiya 3 avtomashinasi harakatlanib kelayotgan payt ro‘paramdan kelib, meni radarga tushurib ketdi. Aytingchi shu to‘grimi ?  Ular 5.43 yo‘l belgisini o‘rnatmasdan yurib ketayotgan payt faoliyat olib borishi mumkinmi?

5.43. «Radar» yo‘l belgisi haqida barcha ma’lumotga ega bo‘lsa kerak.

❗️Ushbu yo‘l belgisi belgilangan harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart.

Endi esa 7.19 ya’ni «Foto- va video qayd etish» yo‘l belgisi.  Bu belgi ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda qo‘llaniladi .

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qaroriga ko‘ra, YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini maxsus audio va video qayd etish qurilmalari bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalangan holda oshkora usulda amalga oshiradi.

❗️Yo‘llarda xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi.

Demak, yakuniy javob shundaki 5.43 hamda 7.19 yo‘l belgilarisiz sizni nexia 3 yoki kobaltda har qanday holatda fotoradarga olishi qonunga zid hisoblanadi. Bu holatlarda sudga murojaat qilib qarorni bekor qildirish kerak.