Noyob avtomobil auksionda sotiladi

Noyob avtomobil auksionda sotiladi

Yaxshi avtomobillar bor — yomon avtomobillar bor. Shunday avtomobillar borki, ularni nafaqat texnik xususiyatlari tufayli afsona deb hisoblashadi, balki madaniyatga kiritgan hissasi uchun ham qadrlashadi. Shunday avtomobillaridan biri Lincoln Zephyr.

Tirik afsona.

Tirik afsona.
 

Kuzovni ajoyib dizayni.

Kuzovni ajoyib dizayni.
 

Juda ham stilga muvofiq ko’rinadi.

Juda ham stilga muvofiq ko’rinadi.
 

Yaqin orada Santa-Monikada avtomobillar kim oshdi savdosi bo’lib o’tadi. Ushbu kim oshdi savdosi noyob eksponat bo’lgani uchun diqqadga sazovordir! Bu eksponat – tarixda mavjudlar ichida eng ahamiyatli hot-roddir. Mashina 1998-yilda paydo bo’lgan, va ko’plab prestij jurnallarda ko’rsatilgan. Shu paytdan beri avtomobil bitta egasini qo’lida bo’lgan, va egasini almashtirmagan. Lincoln Zephyr mashinasi haqida gap ketmoqda, aniqrog’i “Scrape” nomli uning “kastomi” haqida. O’zini vaqtida bu namuna dunyoning 20 davlatlarida gastrol safarida bo’lgan va haqiqiy yutuqga erishgan! Birinchi o’rinda o’zining dizayni tufayli.

 

Qaynoq yigit.

Qaynoq yigit.
 

Haqiqiy ziynat.

Haqiqiy ziynat.
 

XX asrni oxirgi o’n yilligida, Lincoln Zephyr Scrape dunyoda eng taniladigan kastomli avtomobil bo’lib qoldi. Bu mashinaning dizayni qulaylik va san’at chegaralarida kesishadi. Avtomobilni qiymati hozircha oshkor qilinmayapti, kim-oshdi savdosi qaysi nuqtadan boshlanishi aniq emas. Mashinani bir necha million dollarga sotilishi mumkinligi qoidadan holi emas.

 

Qoyilmaqom avtomobil.

Qoyilmaqom avtomobil.
 

Eng orzu qilingan temir kastomlardan.

Eng orzu qilingan temir kastomlardan.
 

Shunisi muhimki American Hot Rod harakati doirasida, Scrape – bu shunchaki avtomobil emas, bu butun davr timsoli. Aytganday, u faqatgina o’zini mistik sifatlari bilan emas, balki texnik hususiyatlari bilan ham xursand qilishi kerak. Hattoki hozirgi o’lcho’vlar bilan  ham, Lincoln Zephyr ichki ko'rsatkichlari juda yahshi hisoblanadi. Lekin uni yangi egasi unda ko’p yurmasa kerak. Xoynaxoy bu avto navbatdagi kolleksiya eksponati bo’lsa kerak.

Davrning nafasi.

Davrning nafasi.
 

Oxirida shuni qo'shish qoladiki, original Lincoln Zephyrlar Ford kompaniaysi tomonidan 1936-yildan 1940-yillargacha ishlab chiqarilgan, va Amerika mashinasozligi davrini timsoli bo’lib qoldi. Avtomobillarni Detroytda yig’ishgan. Butun vaqt ichida Zephyr kuzovi uchun turli hil modifikatsiyalar chiqarilgan. Ularni ichida 4-eshikli ham, 2-eshikli ham, sedan va kupelar ham bor edi. Mashinalarda turli dvigatellar ishlatgan, ular qatorida “firmali” Lincoln-Zephyr V12 ham.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#Қизиқ