Noyob Ferrari test-drayv chog‘ida yonib ketdi(video)

Noyob Ferrari test-drayv chog‘ida yonib ketdi(video)

Poyga avtomobillariga mehri baland Tarek Salox sotib olish niyatida noyob Ferrari F355 GTB sportkarini sinab ko‘rish uchun sotuvchi bilan birga AQSHdan Fransiyaga yo‘l oladi. U o‘zining sayohat marshruti chog‘ida olingan videolarni Youtube ijtimoiy tarmog‘iga joylab bordi. Afsuski sayohat haqidagi oxirgi videosi sinovdan o‘tkazayotgan avtomobilining yong‘ini haqidagi rolik  edi. Rolikda juda chiroyli kulrang avtomobil  batamom yonib bitgani aks etgan. 

Mutaxassislarning fikricha, 1994-yilda ishlab chiqarilgan mazkur rusumda yonilg‘i tizimidagi shlanglar  vaqt o‘tishi bilan qurib ketadi.  Yong‘in kelib chiqishiga aynan mana shu omil sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq  avtomobil egasi   yonilg‘i uzatish tizimi to‘liq yangilanganini aytib o‘tgan. 

Salohning aytishicha, harakat paytida sotuvchi bilan orqa tarafda tutun paydo bo‘lganini ko‘rgach,   avtomobildan tushishgan. Baxtga ko‘ra,  Tarek Salox sportkarni hali o‘z nomiga rasmiylashtirmagan edi. 

Video: https://www.youtube.com/watch?v=GMkkUyojH7A

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#Ferrari