O‘zbekiston elektromobillar importini qariyb uch barobarga oshirdi

O‘zbekiston elektromobillar importini qariyb uch barobarga oshirdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 61,3 million dollarga 1,9 ming dona elektromobil import qildi, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 2,8 barobar (+1,2 ming) ko‘pdir. 

Bu vaqt ichida Xitoy (1,6 ming) asosiy yetkazib beruvchiga aylandi, undan keyin Birlashgan Arab Amirliklari (111), Germaniya (56), Gonkong (42) va Litva (10). 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mis klasterlari negizida elektromobillar uchun butlovchi qismlar va quvvatlantirish stansiyalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!