O‘zbekistonda iyun oyida qancha fotoradar va kamera ishga tushirilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda iyun oyida qancha fotoradar va kamera ishga tushirilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2022-yilning iyun oyida 7 ta onlayn rejimda ishlovchi yangi fotoradar va intellektual rejimda ishlovchi kamera ishga tushirildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ularning barchasi statsionar radar bo‘lib, harakat tezligini belgilangan me’yordan oshirib yuborganlik holatini aniqlovchi qurilmalar hisoblanadi. Radarlar Toshkent viloyatining quyidagi uchta tumaniga joylashtirilgan:

  • Toshkent tumaniga — 2 ta;
  • Yuqori Chirchiq tumaniga — 2 ta;
  • Parkent tumaniga — 3 ta.